Jamiyat

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga ehtirom koʻrsatilmoqda

© Pressslujba prezidenta RUZMirziyoyev oznakomilsya s rabotami po stroitelstve mecheti
Mirziyoyev oznakomilsya s rabotami po stroitelstve mecheti - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Chilonzor tumanida barpo etiladigan masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan boʻldi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuvi jarayonida mazkur masjid maydoniga tashrif buyurdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida tan olingan olim edi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Hayotini muqaddas dinimiz arkonlarini oʻrganishga va targʻib etishga, xalqimiz, yoshlarimizni diniy maʼrifat ruhida tarbiyalashga bagʻishladi.

Novoye zdaniye mecheti Valixuja ugli Norxuja - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda yangi quriladigan masjid uchun birinchi gʻisht qoʻyildi

Mustabid mafkura hukmron boʻlgan oʻsha ogʻir zamonda bunday tashabbus bilan chiqish, hech shubhasiz, katta jasorat edi, dedi prezident. Buning natijasida shoʻro hukumatining musulmonlarga nisbatan siyosati oʻzgargan, masjid va madrasalar ochilgan, haj ziyoratiga boruvchilar koʻpaygan. 1990 yilda Markaziy Osiyo respublikalaridan 500 nafar musulmon Toshkent shahri orqali haj ziyoratiga borishga muvaffaq boʻlgan edi. Agar oʻsha davrda butun sobiq Ittifoq boʻyicha har yili bor-yoʻgʻi 20-30 kishi hajga borganini hisobga olganda, bu juda katta natija boʻlgan, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu masjid loyihasi bilan tanishar ekan, uni yanada takomillashtirish, bunda xalq va ulamolarning takliflarini ham oʻrganish zarurligini taʼkidladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1989 yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy boʻlgan. U kishi islom olamida maʼlum va mashhur boʻlgan "Muxtasari Viqoya", "Kifoya", "Mazhablar — birlik ramzi", "Mazhabsizlik — islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bidʼat" kabi kitoblarni oʻzbek tilida sharhlab, oʻsha murakkab yillarda koʻpdan-koʻp behuda ixtiloflarning oldini olishga katta hissa qoʻshgan.
Muftiy vazifasida u kishi xalqaro miqyosda ham keng faoliyat yuritib, koʻplab islom mamlakatlari bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga erishgan.

U kishi ham muftiy, ham sobiq Ittifoq Oliy kengashi deputati sifatida hukumatga musulmonlarning haq-huquqlarini hurmat qilish, ular uchun zarur sharoitlar yaratish masalalari koʻtarilgan maxsus bayonnoma taqdim etgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Butundunyo mutafakkir ulamolari yigʻinining Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Butunjahon musulmon ulamolari xalqaro uyushmasi, Butundunyo Islom uyushmasi kabi nufuzli tashkilotlarning, Iordaniya qirollik akademiyasining ham aʼzosi edi. U kishi Misr Arab Respublikasining "Nil lavri" oltin nishoniga sazovor boʻlgan. Zamonaviy Oʻzbekiston tarixida islomiy ilmlar boʻyicha hech kim bu darajada yuksak mavqega koʻtarilmagan.

Bu ulugʻ alloma turli diniy-maʼrifiy mavzularda 100 dan ziyod kitoblar yozgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala