Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga ehtirom ko‘rsatilmoqda

© Pressslujba prezidenta RUZMirziyoyev oznakomilsya s rabotami po stroitelstve mecheti
Mirziyoyev oznakomilsya s rabotami po stroitelstve mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Chilonzor tumanida barpo etiladigan masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan bo‘ldi

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuvi jarayonida mazkur masjid maydoniga tashrif buyurdi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida tan olingan olim edi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Hayotini muqaddas dinimiz arkonlarini o‘rganishga va targ‘ib etishga, xalqimiz, yoshlarimizni diniy ma’rifat ruhida tarbiyalashga bag‘ishladi.

Novoe zdanie mecheti Valixuja ugli Norxuja - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi quriladigan masjid uchun birinchi g‘isht qo‘yildi

Mustabid mafkura hukmron bo‘lgan o‘sha og‘ir zamonda bunday tashabbus bilan chiqish, hech shubhasiz, katta jasorat edi, dedi prezident. Buning natijasida sho‘ro hukumatining musulmonlarga nisbatan siyosati o‘zgargan, masjid va madrasalar ochilgan, haj ziyoratiga boruvchilar ko‘paygan. 1990-yilda Markaziy Osiyo respublikalaridan 500 nafar musulmon Toshkent shahri orqali haj ziyoratiga borishga muvaffaq bo‘lgan edi. Agar o‘sha davrda butun sobiq Ittifoq bo‘yicha har yili bor-yo‘g‘i 20-30 kishi hajga borganini hisobga olganda, bu juda katta natija bo‘lgan, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu masjid loyihasi bilan tanishar ekan, uni yanada takomillashtirish, bunda xalq va ulamolarning takliflarini ham o‘rganish zarurligini ta’kidladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1989-yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bo‘lgan. U kishi islom olamida ma’lum va mashhur bo‘lgan "Muxtasari Viqoya", "Kifoya", "Mazhablar — birlik ramzi", "Mazhabsizlik — islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid’at" kabi kitoblarni o‘zbek tilida sharhlab, o‘sha murakkab yillarda ko‘pdan-ko‘p behuda ixtiloflarning oldini olishga katta hissa qo‘shgan.
Muftiy vazifasida u kishi xalqaro miqyosda ham keng faoliyat yuritib, ko‘plab islom mamlakatlari bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga erishgan.

U kishi ham muftiy, ham sobiq Ittifoq Oliy kengashi deputati sifatida hukumatga musulmonlarning haq-huquqlarini hurmat qilish, ular uchun zarur sharoitlar yaratish masalalari ko‘tarilgan maxsus bayonnoma taqdim etgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Butundunyo mutafakkir ulamolari yig‘inining Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Butunjahon musulmon ulamolari xalqaro uyushmasi, Butundunyo Islom uyushmasi kabi nufuzli tashkilotlarning, Iordaniya qirollik akademiyasining ham a’zosi edi. U kishi Misr Arab Respublikasining "Nil lavri" oltin nishoniga sazovor bo‘lgan. Zamonaviy O‘zbekiston tarixida islomiy ilmlar bo‘yicha hech kim bu darajada yuksak mavqega ko‘tarilmagan.

Bu ulug‘ alloma turli diniy-ma’rifiy mavzularda 100 dan ziyod kitoblar yozgan.

Yangiliklar lentasi
0