Jamiyat

Fargʻonada qator tibbiyot muassasalari rahbarlari ishdan boʻshatildi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya ot grippa v Krasnodare
Vaktsinatsiya ot grippa v Krasnodare - Sputnik Oʻzbekiston
Viloyatda oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida ularning boshqaruvda yoʻl qoʻygan kamchiliklari tufayli aholining tibbiy yordamga muhtoj qatlamiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati talab darajasida koʻrsatilmagan va natijada faoliyatda qator kamchiliklar kuzatilgan

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Fargʻona viloyatida vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan qaragani uchun qator tibbiyot muassasalari rahbarlari ishdan boʻshatildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri Sogʻliqni saqlash vazirligidagi manbaga tayanib.

Viloyatdagi barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida patronaj ishlari, tor soha mutaxassislari koʻriklarini talab darajasida tashkil etmagani va berilgan topshiriqlarga yetarli darajada eʼtibor qaratmaganligi sababli Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasining masʼul xodimi A.Nigmanova oʻz egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyevdan tashxis: Sogʻliqni saqlash sohasida hali qiladigan ishlarimiz koʻp

Shuningdek, Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshliq oʻrinbosari O. Qosimova, tuman tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi masʼul xodimi M. Rahmonova hamda bolalar boʻlimi masʼul xodimi M.Gʻaniyeva tuman aholisini tibbiy patronaj koʻrigi bilan qamrab olish ishlarini talab darajasida bajarmaganligi, tibbiyot boʻyicha berilgan topshiriqlarni sust bajargani uchun vazifasidan ozod etildi.

Mazkur tuman tibbiyot birlashmasi tez yordam boʻlimi mudiri M.Boltaboyev hamda boʻlim mutasaddi xodimi D.Burxonovalar ham egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Ular "103" tez tibbiy yordam xizmati ishlarini talab darajasida tashkil etmaganligi, davlat rahbarining 2017 yil 30 martdagi selektor yigʻilishda shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlamaganligi aniqlandi.

Poliklinika - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rahmonbek Usmonov sogʻliqni saqlash tizimidagi 17 rahbarni ishdan boʻshatdi

Bundan tashqari, Bogʻdod tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi YU. Abdusattorov, Qoʻshtepa tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi B. Abdurahmonov, Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi T. Mamajonov, Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi M. Tursunxoʻjayev, Oltiariq tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri SH. Buzrukovlarning 3 oylik maoshi davlat hisobiga oʻtkazildi.

Viloyatda oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida ularning boshqaruvda yoʻl qoʻygan kamchiliklari tufayli aholining tibbiy yordamga muhtoj qatlamiga birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati talab darajasida koʻrsatilmagan va natijada faoliyatda qator kamchiliklar kuzatilgan.

Yaqinda Andijon viloyatida oʻz vazifalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani uchun birdaniga sakkiz nafar tibbiyot muassasalari rahbarlari ishdan boʻshatilgandi. Avvalroq esa Toshkent shahridagi 4-klinik kasalxonasi masʼul shaxslari bemorga qoʻpollik qilgani uchun vazifasidan ozod etilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala