Jamiyat

Kamilov Afgʻoniston prezidenti maslahatchisini qabul qildi

© AFP / YASSER AL-ZAYYATMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Muzokaralarda asosiy eʼtibor turli shakllarda yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga qaratildi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmarni qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Erdoʻgʻonni Toshkentga Afgʻoniston boʻyicha anjumanga taklif qildi

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston-Afgʻoniston kun tartibining qator masalalari, baʼzi xalqaro va mintaqa muammolari muhokama qilindi.

Muzokaralarda asosiy eʼtibor turli shakllarda yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga qaratildi.

Suhbatda alohida eʼtibor Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferentsiyaga tayyorgarlik koʻrishga qaratildi.

Muzokaralarda Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston bilan birgalikda 2018 yil mart oyining oxirida Toshkentda "Afgʻoniston — tinchlikka yoʻl" mavzusida konferentsiya oʻtkazish tashabbusi bilan chiqqandi.

Toshkentdagi anjumanning asosiy maqsadi Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayonining asosiy tamoyillarini belgilab olish hamda hukumat va muxolifatchi kuchlar orasida tinchlik jarayonini "boshlab yuborish" mexanizmini ishlab chiqishdir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala