Tojikistonda bug‘doy unidan ommaviy zaharlanish yuz berdi - bir bola vafot etdi

© Sputnik / Artem Kreminskiy / Mediabankka o‘tishUborka zernovix.
Uborka zernovix. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning avgustida mahalliy tadbirkor Tojikiston janubidan besh ming kilogrammdan ortiq bug‘doyni sotib olib qishloqqa keltirgan

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati Ishkashim tumanida mahalliy aholining ommaviy zaharlanishi qayd etildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Ma’lum qilinishicha, odamlar mahalliy tadbirkor tomonidan tayyorlangan bug‘doy unini iste’mol qilish oqibatida zaharlanishgan.

O‘tgan yilning avgustida tadbirkor Tojikiston janubidan besh ming kilogrammdan ortiq bug‘doyni sotib olib qishloqqa keltirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bug‘doy ichida geliotrop zaharli o‘simligi bo‘lgan.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda 36 kishi kalla-pocha va xasipdan zaharlandi

Yanchilgan bug‘doy unidan tayyorlangan nonni iste’mol qilish orqali dastlabki zaharlanish alomatlari shu yilning 17-yanvarida qayd etilgan. Viloyat kasalxonasiga Qurbonbekovlar oilasining besh nafar a’zosi zaharlanish alomatlari bilan keltirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati rahbari Shodixoni Jamshed topshirig‘i bilan mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruhi tuzilgan.

Shifokorlar bemorlarda organizmga geliotrop zaharli o‘simligi tushishi oqibatida geliotropik zaharlanish yuz berganini aniqlashgan. 31-yanvar kuni kasalxonada oilaning 11 yoshli a’zosi vafot etgan.

Ayni paytda kasalxonada 19 kishi zaharlanish alomatlari bilan davolanmoqda, ular orasida 8 nafar bola ham bor. Bolalardan biri og‘ir ahvolda.

Tibbiyot mutaxassislarining fikricha, tumanda dekabr va yanvar oylarida ushbu zaharli unni iste’mol qilgan aholida zaharlanish alomatlari aprelda paydo bo‘ladi.

Zaharli bug‘doy uni aholidan olib qo‘yildi va viloyat rahbariyati topshirig‘i bilan davlat moddiy zaxiralari agentligi zaxirasidan un tarqatildi.

Yangiliklar lentasi
0