Migratsiya

Koreyada Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishZarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya
Zarubejnыe stranы: Yujnaya Koreya - Sputnik Oʻzbekiston
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida vakolatxonasini ochadi. Bu haqda agentlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Migrantы vo vremya ekzamenatsionnogo testirovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Koreyada ishlashni istaydiganlar uchun koreys tilini oʻrgatish markazi ochiladi

Xabar qilinishicha, 8 fevral kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Koreyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari R.Ibragimov, shuningdek vazirlikning XMT bilan hamkorlik va xalqaro aloqalar sektori mudiri B.Alimuhamedov, Koreya elchixonasining birinchi kotibi U Xi Chan, EPS markazi direktori Son Sang Jin ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Koreyaning Kvanju shahrida Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonasini ochish, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari va Koreya Mehnat va bandlik vazirligi oʻrtasida imzolanishi kutilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini Koreyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun bandlikni hal etish tizimi orqali joʻnatishga oid yangi Memorandumni ishlab chiqish va imzolashga oid masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreyaning Kadrlarni boshqarish vazirligi oʻrtasidagi Memorandumni amalga oshirishga oid hamda ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar koʻrib chiqildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2018 yilning birinchi yarim yilligida hukumat qarori asosida taqdim etilayotgan "Dalvarzin" maishiy xizmat koʻrsatish kolleji bazasida Koreyada ishlashga ruxsatnoma olish uchun Oʻzbekiston fuqarolariga koreys tilini oʻrgatish markazini ochish boʻyicha qaror qabul qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala