Jamiyat

Toshkentda tabiiy gazda yuradigan zamonaviy avtobuslar sinovdan oʻtkaziladi

© Ofitsialnыy diler MAZNizkopolnыy gorodskoy avtobus MAZ Lotos
Nizkopolnыy gorodskoy avtobus MAZ Lotos - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu avtobuslarning poli past boʻlib, nogironlar aravachalari va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulaylik yaratuvchi maxsus qurilma bilan jihozlangan

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. 8 fevral kuni Toshkentga Belorussiyadan katta va oʻrta hajmdagi "MAZ Lotos" rusumli ikkita tajriba avtobusi keltirildi. Bu haqda "Toshshahartrans" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bu avtobuslar tabiiy gaz vositasida yuradi.

Ushbu avtobuslarning poli past boʻlib, nogironlar aravachalari va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulaylik yaratuvchi maxsus qurilma bilan jihozlangan.

Maʼlum qilinishicha, avtobuslar "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibiga kiruvchi avtoparklarda sinovdan oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala