O‘zbekiston Superligasi g‘olibiga 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi

Obuna bo‘lish
Pro-liga, shuningdek, ayollar futboli va mini-futbol bahslarida g‘oliblar uchun mukofot pullari joriy qilinmoqda

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbek futboli tarixida birinchi marta Superliga va Pro-liga, shuningdek, ayollar futboli va mini-futbol bahslarida g‘oliblar uchun mukofot pullari joriy qilinmoqda. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar qildi.

Avtomobilisti ustroili kortej, soprovojdaya avtobus s futbolistami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston g‘alaba bilan qaytgan futbolchilarni qahramonlardek kutib oldi

Unga ko‘ra, Superligada g‘olib chiqqan jamoaga 1 milliard so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bundan tashqari, kuchli 6ta-o‘rinni egallagan jamoalar ham mukofot pullariga ega bo‘lishadi. Mos ravishda 2-o‘rin uchun 800, 3-o‘rin uchun 700, 4-o‘rin uchun 600, 5-o‘rin uchun 500 va 6-o‘rin uchun 400 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Pro-liga g‘olibiga esa 300 million so‘m beriladi. 2- va 3-o‘rin sohiblari mos ravishda 200 va 100 mln so‘m mukofot puli bilan rag‘batlantiriladi.

Ayollar futboli va mini futbolda 1-o‘rin uchun 300, 2-o‘rin uchun 200 va 3-o‘rin uchun 100 mln so‘m mukofot ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0