Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokatga uchradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSamolet An-148
Samolet An-148 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Orsk shahriga yo‘l olgan samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan: 65 nafar yo‘lovchilar va 6 nafar ekipaj a’zolari

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Domodedovo aeroportidan uchib chiqqan An-148 samolyoti  parvozning 7-daqiqasida halokatga uchradi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Orsk shahriga yo‘l olgan samolyot bortida 71 kishi bo‘lgan: 65 nafar yo‘lovchilar va 6 nafar ekipaj a’zolari.

“Ushbu halokatda yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining tirik qolishiga imkon bo‘lmagan”, — deb izoh berdi qutqaruv xizmati vakili “Interfaks” nashriga.

Samolyot “Saratovskie avialinii” kompaniyasiga qarashli bo‘lgan. Halokat Moskva viloyati, Ramenskoe tumanidagi Argunovo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Ayni damda halokat yuz bergan joyda qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.

An-148 samolyoti Ukrainada "Antonov" konstruktorlik burosi tomonidan 2009-yilda ishlab chiqarish boshlangan. Samolyot 80 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, uzoqligi 4400 kilometrgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda foydalaniladi.

Yangiliklar lentasi
0