Sotqin Rodchenkov yuzini almashtirib televizorga chiqdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishInformator WADA — eks-rukovoditel Moskovskoy antidopingovoy laboratorii Grigoriy Rodchenkov
Informator WADA — eks-rukovoditel Moskovskoy antidopingovoy laboratorii Grigoriy Rodchenkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uning yuz qiyofasi shunchalik o‘zgarganki, aslida ekrandagi odam Rodchenkovmi yo boshqa kishi ekanligini hech kim ayta olmaydi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Rossiya jamoasini qishgi olimpiada o‘yinlaridan mahrum qilgan, Rossiya “Antidoping markazi” sobiq direktori, hozirda qochqin Grigoriy Rodchenkov yuz qiyofasin o‘zgartirib teleefirda intervyu berdi, deb yozadi Sputnik Armeniya.

Olimpiya halqalari - Sputnik O‘zbekiston
MOK Rossiya Yengil Atletika federatsiyasini Olimpiya o‘yinlaridan chetlatdi

Bugun 11-fevral kuni AQShning CBS telekanali Rossiya olimpiya jamoasiga qarshi jarayonlarda WADAning asosiy “axborot manbai” bo‘lgan Rodchenkov bilan intervyu namoyish qilishni rejalashtirgan. O‘tgan payshanba kuni telekanalda ushbu intevyudan anons namoyish qilindi, deyilgan xabarda.

Anonsda Rodchenkovga unchalik o‘xshamagan kishi bronejilet kiyib studiyaga chiqishi va boshlovchi bilan suhbat qurishi namoyish etilgan. Bronjilet nima kerak desangiz – u  Rossiya maxsus xizmatlari undan qasos olishidan  qo‘rqar emish. Guyoki Rossiya agentlari uni telekanal studiyasida kutib turgandek…

© Foto : Stop-kadr anonsa peredachi "60 minut na kanale CBS""CBSda 60 daqiqa" ko‘rsatuvi qahramoni
Geroy peredachi 60 minut na CBS - Sputnik O‘zbekiston
"CBSda 60 daqiqa" ko‘rsatuvi qahramoni
Eslatib o‘tamiz, Grigoriy Rodchenkov – kimyo sohasi olimi, Rossiya “Antidoping markazi” sobiq direktori. Bir necha yil oldin u Rossiyadan AQShga qochib ketgan. U bergan ko‘rsatmalariga asosan  Rossiya yengil atletika jamoasi RIO yozgi Olimpiada o‘yinlariga ishtirok etishi ta’qiqlangan edi. Bir necha oy oldin esa, Rodchenkov ko‘rsatmalariga asosan, butun Rossiya jamoasi Pxenchandagi qishgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi ham ta’qiqlandi.

Rossiya tomon fikriga ko‘ra, ushbu ta’qiqlar siyosiy ma’noga ega bo‘lib, WADA ham XOQ ham yetarli darajada aniq dalil va isbotlar keltira olishmagan. Ushbu ish yuzasidan Rossiya Olimpiya qo‘mitasi bir necha bor xalqaro sudlarga murojaat qildi. Ayni damda tergov surishtirish ishlari olib borilmoqda.

“Ushbu vaziyatda, bir necha oydan beri o‘zini ko‘rsatmagan Rodchenkov birdan teleekranlarda paydo bo‘lishi o‘ta taajubli hol”, — deb yozadi Ruben Gulmisaran.

Birinchidan, juda muhim bo‘lgan sud majlisiga, guyoki xavfsizlik sababidan kela olmagan Rodchenkov, nima sababdan teleekranga chiqishga qaror qildi?

Olimpiya halqalari - Sputnik O‘zbekiston
MOK Rossiya Yengil Atletika federatsiyasini Olimpiya o‘yinlaridan chetlatdi

Ikkinchidan, o‘zini hech kim topa olmasligi uchun yuz qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirgan odam, nega yangi yuzini keng ommaga namoyish qiladi?

Uchinchidan, Bu odam o‘zi Rodchenkovmi yo boshqa kishi?

Muallif xulosasiga ko‘ra, ayni damda Rodchenkovning o‘limi Rossiyaga umuman kerak emas, chunki u qilar ishini qilib bo‘ldi. Lekin u tirik bo‘la turib necha pul evaziga yolg‘on ko‘rsatmalar berganini aytib bersa va aytgan so‘zlaridan voz kechsa — ana unda WADAning ham XOQning ham holi voy bo‘lar edi. Shuning uchun imi jimida, Rodchenkovni yo‘q qilish aynan uni sotib oliganlarga kerak, deb xulosa qiladi muallif.

“Grisha qayerdasan? Senga biror kor-hol bo‘lmadimi ishqilib…”, — deb maqolasini tugatgan Gulmisaran.

Yangiliklar lentasi
0