Jizzaxda avtomobil yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi, mashina haydovchisi vafot etdi

Obuna bo‘lish
Avtomashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan, mashinaning yana bir yo‘lovchisi F. To‘rayev kasalxonaga yotqizilgan

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yuk poyezdi avtomobil bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar qildi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

"Afrosiyob" shamoliga uchib ketgan erkakning o‘ng oyog‘i sindi
Hodisa 10-fevral kuni kunduzi soat 12:30da "Paxtakor" mahallasida yashagan 1970-yilda tug‘ilgan X. Zoirov boshqaruvidagi VAZ-2107 rusumli avtomashinasi ishtirokida sodir etilgan.

Avtomobil "Yangiyer-Chimqo‘rg‘on" 4R-32 yo‘lining 3164-piket qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida 3601-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan.

"To‘qnashuv oqibatida VAZ-2107 avtomashinasi haydovchisi X. Zoirov jarohat olib, voqea joyida vafot etgan va uning yo‘lovchisi F. To‘rayev kasalxonaga yotqizilgan", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0