TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xadjayev Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida ikki mamlakatning axborot sohasidagi oʻzaro hamkorligi boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi, deb xabar qildi "Xalq soʻzi" nashri "Kazinform" axborot agentligi xabari asosida.
Unda imzolangan shartnomalar, kelishuvlar va maslahatlashuvlar asosida, shuningdek, ikki davlat hududida teleradiodasturlarni erkin almashish va tarqatish yoʻli bilan yagona axborot maydonini yaratish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
U har ikki davlat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun axborot makonida yaqindan integratsiyani yoʻlga qoʻyish va oʻzaro qoʻshma texnologiyalarni yaratishi muhimligi haqida ham toʻxtalib oʻtildi.
MTRK raisi axborot maydonida hamkorlik qilish va birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan Markaziy Osiyoda oʻziga xos keskin oʻsish namoyish etish orqali mustahkam aloqalar boʻyicha barchaga namuna koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirdi.