Pasport tizimi va propiska masalalari bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPasport i blank v rukax izbiratelya
Pasport i blank v rukax izbiratelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihalarga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Mehnat kodeksiga o‘zgartishlar kiritilmoqda

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Pasport tizimi va propiska masalalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan muhim qarorlar loyihalari tayyorlandi, deb xabar bermoqda vazirlikning Telegramdagi "Huquqiy axborot kanalida.

Loyihalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilmoqda:

O‘zbekiston pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Nobiometrik pasport olishga ulgurmaganlar uchun jarima miqdori kamaytirildi

13-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilmoqda: "Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar";

223-modda birinchi qismi sanksiyasidagi "eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda" degan so‘zlar "eng kam ish haqining ikkidan bir qismi", ikkinchi qismi sanksiyasidagi "eng kam ish haqining besh baravari miqdorida" degan so‘zlar "eng kam ish haqining bir baravari miqdorida" degan so‘zlar bilan almashtirilmoqda.

Mazkur modda uchinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi: "Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yishi, xuddi shuningdek fuqarolarning o‘z turar joylarida pasportsiz yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarsiz yashab turishiga yo‘l qo‘yishi —"; uchinchi qismi sanksiyasidagi "o‘n" degan so‘z "besh" degan so‘z bilan almashtiriladi;

223-moddaning to‘rtinchi qismi sanksiyasidagi "o‘n besh" degan so‘zlar "o‘n" degan so‘z bilan almashtiriladi.

Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Propiska muhokamasi: nega viloyatdagi odamlar Toshkentdan uy ololmasligi kerak

Ushbu modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldiriladi: "Mazkur modda bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar".

Kodeksdan 2232-modda (Ishga qabul qilishda pasport tizimi qoidalarini buzish) chiqarib tashlanadi.

Mehnat kodeksining 80-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat";

uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etiladi:

"Ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa ishga qabul qilish rad etilishi mumkin".

Yangiliklar lentasi
0