Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi qahramonona harakati uchun medalga tavsiya etildi

© Sputnik / Yegor AleyevMedal "Za spasenie pogibavshix"
Medal Za spasenie pogibavshix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyati Sofrino qishlog‘ida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan samarqandlik Nuriddin Qirg‘izov olov ichida qolgan Rossiya fuqarosi bo‘lgan keksa ayolga yordam bergani va jarohatlangani haqida xabar berilgandi

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi N.Qirg‘izov qahramonona harakati va Rossiya fuqarosini yong‘indan qutqargani uchun medalga tavsiya etildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mashina reanimatsii vo vremya snegopada na Tverskoy ulitse v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada yong‘indan odam qutqargan o‘zbekistonlik yigit og‘ir ahvolda

Avvalroq Moskva viloyati Sofrino qishlog‘ida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan samarqandlik Nuriddin Qirg‘izov olov ichida qolgan uyni ko‘rib Rossiya fuqarosi bo‘lgan keksa ayolga yordam bergani va jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda N.Qirg‘izovga Moskva viloyati Pushkino shahrida joylashgan professor V.N.Rozanov nomidagi tuman shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

U reanimatsiya bo‘limidan travmatologiya bo‘limiga o‘tkazilgan bo‘lib, shifoxonada elchixonaning konsullik boshqarmasi xodimi u bilan uchrashdi.

Pushkino shahri ma’muriyati xabariga ko‘ra, N.Qirg‘izov qahramonona harakati va Rossiya fuqarosini yong‘indan qutqargani uchun medalga tavsiya etildi.

Yangiliklar lentasi
0