Jamiyat

Meni oʻldirgan onamga maktub: hali nafratlanishni oʻrganmagandim

© ARMEND NIMANI / AFPBola
Bola - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sputnik mualliflaridan biri Erkin Alimbekov tuqqan onasi tomonidan oʻlguncha savalangan kichkintoy nimalarni his qilganini anglashga urinib koʻrdi. Yozilgan maqola muallif taassuroti, xolos

Assalom, oyijon! Va nihoyat, men ogʻriq his qilmayapman…

Men ishtonchamga xoʻllab qoʻyganim uchun sizdan kechirim soʻrashga ulgurmadim. Kechiring! Vaʼda beraman, bu boshqa hech qachon takrorlanmaydi.

Yangi tugʻilgan chaqaloq - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bola sotilishi haqida... eʼlon
Nimagadir ilgarilari bu haqda sizga ayta olmasdim. Bunday qiyin soʻzlarni qanday aytish kerakligini tushunmas edim. Endi esa hammasi oʻz-oʻzidan roʻy bermoqda. Gʻalati… Umuman, hozir menda koʻplab gʻalati voqealar sodir boʻlmoqda, lekin bu haqda sal keyinroq.

Oyijon, biling-ki, tabassumingiz juda chiroyli, oʻzingiz esa — eng goʻzal onasiz! Men sizni juda yaxshi koʻraman, yana bir marta quchishni, oʻpishni va hidingizni toʻyib hidlashni istayman… Lekin sizni topolmayapman, qayerdaligimni tushunmayapman. Nega sizni chaqirganimda javob bermayapsiz?

Koʻzlaringiz maʼyus tortganda, sizga qarash menga ogʻriq berardi. Koʻz yosh toʻkkaningizda, qanchalik qiynalayotganingizni his qilardim. Sizni qoʻllab-quvvatlashni, xali hammasi yaxshi boʻlishini, men esa hamisha yoningizda boʻlishimni  aytishni xohlardim. Boshqalar singari sizdan yuz burib ketmasligimni aytishni juda-juda xohlardim. Lekin aytolmasdim… Buning oʻrniga koʻzlarim xoinlarcha men ularni tiyishni oʻrganmagan koʻzyoshlarga toʻlardi. Men hatto eplab bir soʻzni ayta olmasdim — oʻrniga chinqiriq chiqardi. Agar oʻzimni qoʻlga olishni oʻrganganimda edi, hammasi boshqacha boʻlardi.

Nasiliye - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
U 11 yashar qizimni zoʻrlamoqchi edi - qirgʻizistonlik ayollar hayotidan reportaj
Aslida uch yil ichida siz bilan koʻp narsalarni oʻrgandim. Oyoqqa turishni, yurishni, sizning telefoningizda multfilm qoʻyishni… Ammo kunlarning birida multfilm koʻrib, hamma pullaringizni sarflab qoʻyganim uchun meni jazolagan edingiz.

Yana, menga shokoladli tuxum sotib olib berganingiz ham yodimda. Menga juda yoqqandi, lekin sizning boshqa pulingiz qolmagandi. Eh, bu pullar! Ular nega kerakligini hech qachon tushunmaganman. Kunlarning birida sumkangizni titkilab, koshelyogingizdan topib oldim ularni. Oʻrganayotib, kutilmaganda yirtib qoʻydim. Siz yana meni jazoladingiz. Shunga loyiq boʻlgan boʻlsam kerak… ular siz uchun bu qadar muhim ekanini tushunmaganman. Sizga yetkazgan dilxiraliklarim uchun meni kechiring!

Menga avtobus yoki marshrutka oynasidan yoʻlga qarab ketish juda yoqardi. Yonimizdan "yugurib oʻtayotgan" daraxtlar va uylar menga zavq bagʻishlardi. Siz meni qattiq quchib, yanoqlarimdan boʻsa olar edingiz. Men baxtli edim…

Mat s mladentsem - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Farzandini sotib puliga uy olmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi
Biz oxirgi marta koʻrishganimizda, men ishtonchamga xoʻllab qoʻygandim. Bu ishtonni menga kimdir sovgʻa qilgan edi: yoki qarindoshlarimiz, yoki sizning oʻrtoqlaringiz. Boshqa narsalarimizni, oʻsha, avval yashaganimiz — qoʻrqinchli xonada qoldirgan edik. Men u yerdan ketganimizga xursand edim, u yerda koʻp yomonliklar boʻlgandi. Oqshomlari allaqanday erkaklar kelardi, ular sizga ogʻriq berishardi, men esa yigʻlardim. Siz xafa boʻlardingiz va yana meni jazolardingiz. Keyin esa men qolgan birgina ishtonchamni rasvo qildim… Sizning jahlingiz chiqdi va menga tarsaki tushirdingiz — juda ogʻridi. Men chinqirib, yigʻlab yubordim. Siz yana urdingiz. Yana va yana… Chuqurlikka tushganday boʻldim, atrof zim-ziyo boʻldi. 

Men allaqanday ayollarning ovozlarini eshitardim, ular operatsiya qilish zarurligi haqida gapirishardi. Meni qoʻllarida koʻtarib yurishardi ular, men esa hammasi yaxshi ekanini aytaolmasdim. Nega men endi oʻz fikrimni bayon etishni oʻrgandim?!

Novorojdennыy malchik - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda chaqalogʻini begonalarga berib oʻzi qochib ketgan ayol qidirilmoqda
Hozir atrofimda bolalar toʻla, ularning barchasi oʻz oyijonlarini juda qattiq sogʻinishgan. Bolalarning birini onasi kladovkaga qamab qoʻyib, uzoq vaqt ovqat bermagan ekan. Lekin ayb uning oʻzida — onasining qorniga issiq choy quyib yuborgan… Boshqa bir qizni esa otasi urgan. Meni xabarim yoʻq, oʻzi shunaqa deydi. Aytishicha, otasi allaqanday temir sim bilan urgan emish, keyin qon ketibdi. Bu qizcha menga yoqadi. Men uni hattoki oʻpganman.

Yana men "nafratlanish" nimaligini bilmayman. Bu yerdagi bolalar ilgarilari oʻz ota-onalaridan nafratlanishganini aytishadi, mendan ham "Oyingdan nafratlanasanmi?", deb soʻrashadi. Ularga nima deb javob qaytarishni bilmayman.

Bu yer menga yoqadi, oyijon. Bu yerda hamma narsa bor. Xohlagancha multik koʻrish mumkin… Faqat sizni yomon sogʻinaman. Qachon meni olib ketasiz? Sizni yaxshi koʻraman va endi hammasi yaxshi boʻladi, degan gaplarni aytishni orzu qilaman. Axir endi gapirishni bilaman-da.

Yangiliklar lentasi
0