Turizm qo‘mitasi raisi va Turkiya investorlari nimaga kelishdi

© UzbektourismDelegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan
Delegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya delegatsiya tarkibiga Istanbul hokim o‘rinbosari, Izmir, Anqara, Kayseri, Eskishaxar, Bursi shaharlarining madaniyat va turizm vazirligi mintaqaviy boshqarmalar rahbarlari, Turk turizm kompaniyalar uyushmasi (TURSAB) va sog‘lomlashtirish turizmi uyushmasi (BUSAT), shuningdek mahalliy turizm kompaniya vakillari kiritilgan

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. 12-fevral kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Turkiya delegatsiya vakillari bilan uchrashdi, deb xabar qildi ushbu qo‘mita matbuot xizmati.

Goskomturizm predlagayet turistam pogruzitsya v epoxu Buxarskogo Emirata - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalar yo‘lga qo‘yildi

Xabarda aytilishicha, Turkiya delegatsiya tarkibiga Istanbul hokim o‘rinbosari, Izmir, Anqara, Kayseri, Eskishaxar, Bursi shaharlarining madaniyat va turizm vazirligi mintaqaviy boshqarmalar rahbarlari, Turk turizm kompaniyalar uyushmasi (TURSAB) va sog‘lomlashtirish turizmi uyushmasi (BUSAT), shuningdek mahalliy turizm kompaniyalar, mehmonxona va restoranlar tarmoqlari kompaniyalar vakillari kiritilgan.

Turkiyaning turizm sohasidagi bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlaridan iborat 30 kishilik delegatsiya turizm sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda investitsion loyihalar bilan yaqindan tanishish va sohani rivojlantirish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlardagi yirik investorlarni Turkiya davlatidan keladigan investorlar bilan tanishtirish, hamkorlikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan (B2B) uchrashuvlar o‘tkazish hamda 2018-yil 12-fevral kuni "Biznes-forum" tashkil etildi.

Goskomturizm Uzbekistana rabotayet nad snijeniyem sen na aviapereleti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi aviareyslarga chiptalarni arzonlashtirish ustida ishlamoqda

Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish va mustahkamalashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Aziz Abduxakimov uchrashuvda Turkiya delegatsiya vakillariga O‘zbekiston turizm rivojlanishi bo‘yicha boshlangan hamkorlik uchun minnatdorlik izhor qildi.

© UzbektourismDelegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan
Delegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Delegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan
© UzbektourismDelegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan
Delegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Delegatsiya iz Tursii posetila Uzbekistan

Eslatib o‘tamiz, undan oldin Turkiya mehmonlari Samarqand va Buxoroda bo‘lishdi.

Samarqand viloyat hokimligida tashkil etilgan ko‘rgazmada hududda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi hamda mazkur loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Ploshad Registan - Sputnik O‘zbekiston
Abduhakimov Registon madrasalaridagi savdo shoxobchalari haqida fikr bildirdi

Mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar bilan tanishishdi, shuningdek, loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan obektlarga tashrif buyurishdi. Jumladan, Imom al-Buxoriy majmuasi atrofida olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur majmua atrofida turizm infrastruktura obyektlarini barpo etish bo‘yicha investitsiya kiritish takliflarini bildirishdi.

Buxoroda mehmonlar O‘rta Osiyoda Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan Ismoil Somoniy maqbarasi, yuz yillar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo‘lgan Ark qal’asi, Poi Kalon, Minorai Kalon me’moriy majmualari, Samarqand shahridagi Bibixonim masjididan keyin O‘rta Osiyodagi ikkinchi eng katta masjid bo‘lmish — Masjidi Kalon, Miri Arab madrasasi, Buxoro ahli va mehmonlarining sevimli joyi Labi Xovuz, Chor Minor majmuasi, Mog‘aki Attor masjidi, Ko‘kaldosh, Ulug‘bek madrasalari, G‘arb va Sharq me’morchiligi asosida qurilgan Setorai Mohi Xosa me’moriy inshooti Turkiya investorlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Yangiliklar lentasi
0