Inkassator avtomobili avtobus bilan to‘qnashdi

© UznewsDTP s uchastiyem avtobusa i inkassatorskoy mashini
DTP s uchastiyem avtobusa i inkassatorskoy mashini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTHda transport vostalaridan tashqari hech kim zarar ko‘rmadi.

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Bugun tong soat 08:00 da Toshkentdagi Minor metrosi yaqinidagi chorrahada yo‘lovchi avtobus va inkassator avtomobili to‘qnashib ketdi, deb xabar qilmoqda, uznews.uz YHXB xabariga asosan.

To‘qnashuvda “Mersedes” rusumli avtobusning oldchap tarafi jiddiy shikastlangan. “Kamaz” rusumli zirhlangan inkassator avtomobilining esa oldi qism shikastlangan.

© UznewsAvtobus va inkassator avtomobili ishtirokidagi YTH
DTP avtobusa i inkassatorskoy mashini - Sputnik O‘zbekiston
Avtobus va inkassator avtomobili ishtirokidagi YTH
Xabarda aytilishiga ko‘ra, YTH 72 raqamli yo‘lovchi avtobus inkassator mashinasiga yo‘l bermagani oqibati sodir bo‘lgan.

Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. Voqea joyiga  YHXB xodimlari yetib kelib vaziyatni o‘rganmoqda.

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu YTHda avtobus haydovchisi qurbon bo‘lgan, 7 nafar yo‘lovchi jarohatlangan. Bu haqida Facebookdagi "Kritika i rekomendatsii" guruhi xabar bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0