Siyosat

Financial Times: "Oʻzbekistonda sovuq davrlar poyoniga yetmoqda"

© Sputnik / Bolat ShayxinovShavkat Mirziyoyev na sammite OIS v Astane
Shavkat Mirziyoyev na sammite OIS v Astane - Sputnik Oʻzbekiston
Muallifning ishonch bilan yozishicha, Oʻzbekistondagi islohotlarning davom etishi "oʻzgarishlarni amalga oshirish mumkin" ekanligini koʻrsatib beradi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Britaniyaning nufuzli "Financial Times" gazetasi hukumat rahbari almashganidan soʻng Oʻzbekistonda yuz berayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida maqola chop etdi. "Jahon" AA ushbu maqolaning qisqacha tahlilini tayyorladi.

Jaksыlыk Sabitov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Sabitov Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish qancha davom etishi haqida
Maqola muallifi Naykl Baklining qayd etishicha, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni tashqi dunyoga ochishga qaratilgan qator dadil qadamlar tashladi. Siyosiy mahbuslarning ozod etilgani, ilgari safarga chiqish va ishga joylashishga toʻsqinlik qilgan "qora roʻyxat"dan minglab odamlarning oʻchirilgani shular qatorida qayd etiladi.

Davlat rahbari virtual qabulxonasining ishga tushirilgani va unga 1,6 milliondan ziyod aholi vakillari shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga molik dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan murojaat qilgani maqolada alohida taʼkidlangan. Ommaviy axborot vositalari ancha erkin faoliyat koʻrsatayotgani, ularda tanqidiy ruhdagi materiallar eʼlon qilinayotgani ham oʻquvchilar eʼtiboriga havola etilgan.

"Oʻtgan yili kecha-kunduz faoliyat koʻrsatadigan "Oʻzbekiston-24" yangiliklar kanali ish boshladi, Xalqaro press-klub tomonidan oʻtkaziladigan siyosiy mavzulardagi hamda turli darajadagi mansabdorlar ishlari haqidagi tok-shoular uning dasturidan joy olgan".

Iqtisodiyot sohasidagi oʻzgarishlar haqida toʻxtalar ekan, "Financial Times" jurnalisti Oʻzbekiston Prezidentining biznes sohasida navbatdan tashqari tekshiruvlarga ikki yillik moratoriy joriy etish toʻgʻrisidagi tashabbusini qalamga olgan. Sarmoyadorlarga soliq imtiyozlarini taklif etadigan maxsus iqtisodiy zonalarning tashkil etilgani strategik ahamiyatga molik muhim chora-tadbirlar sifatida taʼriflanadi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po vremya osmotra Sardobskogo vodoxraniliщa - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Orzu mamlakati
"Respublika arzon energiya yetkazib berish nuqtai nazaridan oʻziga toʻq boʻlishi uchun tabiiy resurslarning yetarli zaxiralariga ega. Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat, farmatsevtika zavodlari bunyod etish, sayyohlikni rivojlantirish boʻyicha juda katta rejalar koʻzlanmoqda. Oʻn yillik tanaffusdan soʻng Oʻzbekiston Jahon savdo tashkiloti aʼzoligiga kirish uchun muzokaralarni qaytadan boshladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki esa respublikada oʻz faoliyatini yana boshladi".

Nayl Baklining maʼlum qilishicha, son jihatidan tez oʻsib borayotgan yoshlar uchun ish oʻrinlarini yaratish Prezident Shavkat Mirziyoyev hayotga tadbiq etayotgan oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shu oʻrinda britaniyalik sharhlovchi respublikamiz aholisining yarmidan ziyodini 30 yoshgacha boʻlgan avlod vakillari tashkil etishini, har yili esa 600 ming kishi mehnat bozoriga chiqishini eslatib oʻtgan.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 23 avgusta prinyal pervogo zamestitelya Predsedatelya pravitelstva Rossiyskoy Federatsii Igorya Shuvalova - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev 2018 yil uchun Davlat dasturini tasdiqladi
Qozogʻistonda sodir boʻlgan fojea — ishlash uchun Rossiyaga ketayotgan avtobus bilan 52 nafar oʻzbekistonlikning yonib ketgani bu mavzuning dolzarb ekanligini yaqqol namoyon etdi. Jurnalist davlat rahbarining bu hodisaga munosabatini alohida qayd etgan:

"…Shavkat Mirziyoyev oʻzbekistonlik yoshlarni oʻz vataniga qaytarish uchun iqtisodiy sharoitlar yaratishga vaʼda berdi. "Men ularning ota-onalariga nima deyman?", degan savolni oʻrtaga tashlar ekan, Prezident quyidagi fikrni qoʻshimcha qildi: "Agar odamlarimizga sharoit yaratganimizda bunday voqealar sodir boʻlmas edi".

Muallifning yozishicha, 2017 yil sentyabrida Oʻzbekistonda valyuta cheklovlari bekor qilindi. Bu milliy soʻmning qadrsizlanishiga olib kelgan boʻlsa-da, tashqi savdo va sarmoyalar uchun sezilarli toʻsiqlarni bartaraf etdi. "Umuman olganda, bir xorijlik mansabdorning ehtiyotkorlik bilan fikr bildirishicha, Oʻzbekistonda sovuq zamon nihoyasiga yetmoqda, iliqlik davri boshlanmoqda", deya qayd etiladi maqolada.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Mirziyoyev prezidentligining muvaffaqiyatli kechgan bir yili
Britaniyalik jurnalistning fikricha, Oʻzbekistondagi oʻzgarishlar keng qamrovli natijalarga olib kelishi mumkin. Mintaqaning asosiy davlati boʻlgan bu respublika Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari hamda Afgʻoniston bilan chegaradoshdir. Muallifning ishonch bilan yozishicha, Oʻzbekistondagi islohotlarning davom etishi "oʻzgarishlarni amalga oshirish mumkin" ekanligini koʻrsatib beradi. Bundan tashqari, ular ilgari Oʻzbekiston tashqi siyosatiga xos boʻlgan izolyatsionizmni kuchsizlashtirishga qodir boʻlgani barobarida uni Yevroosiyo yuragiga taʼsir oʻtkazish boʻyicha Rossiya, Xitoy va AQSH olib borayotgan "Yangi katta oʻyin"dagi muhim davlatga aylantiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala