Quyi Chirchiqda hamshiralarga velosipedlar topshirildi

Obuna bo‘lish
Tibbiyot muassasalariga tuman hokimligi tomonidan 22 velosiped taqdim etildi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasi aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun velopatronaj xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Bemorga qo‘pol munosabatda bo‘lgan vrach va hamshiralar ishdan bo‘shatildi

Xabar qilinishicha, tibbiyot muassasalariga tuman hokimligi tomonidan 22 velosiped taqdim etildi.

Bundan maqsad, hududdagi patronaj hamshiralar ishi samaradorligini oshirish va uzog‘ini yaqin qilishdir.

Ayni paytda tuman tibbiyot birlashmasidagi 81 patronaj hamshirasi 104 ming 248 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktabrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda qishloq joylarda tizimli patronaj qamrovi sifatini yaxshilash, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning statsionar muassasalar bilan hamkorligini ta’minlash zarurligini ta’kidlagandi.

Yangiliklar lentasi
0