Siyosat

Kulakov: amerikaliklar Afgʻonistonda hech narsaga erisholmaydi

© US Army / Staff Sgt. Shane HamannUS Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border
US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiy ekspert Oleg Kulakov Afgʻonistondagi muammolarni harbiy yoʻl bilan hal qilib boʻlmaydi, degan fikrni bildirdi

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy universiteti oʻqituvchisi, isteʼfodagi polkovnik Oleg Kulakov sobiq Ittifoq tomonidan Afgʻonistonda oʻtkazilgan harbiy operatsiyani va hozirgi kunda u yerda boʻlib turgan Amerika harbiylari holatini solishtirdi.

Tsentr Kabula - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi Afgʻonistonda boʻldi
1989 yilning 15 fevral kuni sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilishi yakunlangan edi. Oʻsha vaqtdagi va bugungi omadsizliklar sababi nima edi, deya savol beradi harbiy ekspert Oleg Kulakov.

Kulakovga koʻra, SSSRni Afgʻonistonda magʻlubiyatga uchragan, deb hisoblab boʻlmaydi.

"Barcha harbiy topshiriqlar bajarilgan. Ammo bu siyosiy barqarorlikka olib kelmadi, va bu boshqa masala", — dedi Oleg Kulakov Sputnik radiosi efirida.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, amerikaliklar ham shunday muammoga duch kelishgan.

"Ular bizning xatolarimizni takrorlashmoqda: qanchalik bosimni kuchaytirishayotgan boʻlsa, qarshilik shu darajada kuchaymoqda. Ular hech narsaga erisholmaydi. Dastlab qarama-qarshiliklar paydo boʻladi, aynan shular keyinchalik siyosiy taʼsirga erishishga yoʻl qoʻymaydi", — deya izoh berdi harbiy ekspert.

Kulakov boshqa mamlakatning harbiy kontingenti mahalliy hokimiyat uchun hamisha siyosiy qoʻzgʻatuvchi boʻlib qolishini taʼkidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala