Jamiyat

UzAirways bahor-yoz mavsumida parvozlar sonini koʻpaytiradi

© Commons.wikimediaSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi Yevropa va Osiyoning 40 dan ziyod shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi bahor-yoz mavsumida yangi yoʻnalishlar ochish bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan parvozlar sonini ham koʻpaytirishni rejalashtirmoqda.

Pokupka aviabileta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Oʻzbekiston havo yoʻllari"ga chiptalarni tannarxidan past narxda sotish huquqi berildi

MAK matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 24 mayidan boshlab, aviakompaniya haftasiga bir marta Barselonaga (Ispaniya) parvozlarni bajarishni boshlaydi. Shuningdek, bahor-yoz jadvalida Mumbayga (Hindiston) ham muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Aviakompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan qatnovlar soni ham ortadi. Nyu-Yorkka parvozlar haftasiga uch marta, Istanbulga 10 marta, Seulga 4 marta va Novosibirskka uch marta bajariladi.

Bugungi kunda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi Yevropa va Osiyoning 40 dan ziyod shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala