Jamiyat

Rossiyalik kosmonavt Orol dengizining koinotdan koʻrinishini namoyish etdi

© Janat AytxojinYakor na dne Aralskogo morya
Yakor na dne Aralskogo morya - Sputnik Oʻzbekiston
Suratda bir paytlar kattaligi bois dengiz nomini olgan koʻlning deyarli butkul qurib qolgani koʻrinib turadi

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiyalik kosmonavt Anton Shkaplerov oʻzining Instagram sahifasida Orol dengizining yer orbitasida turib olingan suratini namoyish etdi.

Suratda bir paytlar kattaligi bois dengiz nomini olgan koʻlning deyarli butkul qurib qolgani koʻrinib turadi.

 

"Orol dengizi — Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida joylashgan oqmas shoʻr koʻl. U 1960 yillargacha kattaligi jihatidan jahonda toʻrtinchi oʻrindagi koʻl hisoblangan, ammo bugunga kelib dengiz sathi halokatli darajada pasayib ketgan… ", — deb yozgan kosmonavt.

Anton Shkaplerov — rossiyalik sinovchi-kosmonavt, Rossiya Qahramoni. Hozirda u Xalqaro kosmik stantsiyada faoliyat olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala