Hodisalar

Ahmadboyning soʻnggi soʻzlari: men hech kimni hech narsaga majbur qilmaganman

© YoutubeAxmad Tursunbayev
Axmad Tursunbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Sudning yakuniy qarori 19 fevral kuni eʼlon qilinadi

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkent viloyat jinoyat ishlari boʻyicha sudida xalq orasida Ahmadboy nomi bilan tanilgan Toshkent viloyati Chinoz tumanilik tadbirkor Ahmad Tursunboyev va uning sheriklari ishi koʻrib chiqildi. Bu haqda "Xalq soʻzi" xabar berdi.

Sudda sudlanuvchi Ahmad Tursunbayev va uning sheriklariga oxirgi soʻz berildi.

"Hurmatli sudya, majlis qatnashchilari. Avvalo shuni aytishim kerakki, men fuqarolarni aldaganim yoʻq. Pul va avtomashinalarni ular oʻz xohish-irodasiga koʻra olib kelishgan. Men hech kimni hech narsaga majbur qilmaganman.

Men oʻzim dehqon va chorvachilik bilan shugʻullanadigan fermer boʻlganman. Lekin yuz bergan voqeadan afsusdaman. Mening bitta maqsadim bor edi — ish qilish. Aldash hayolimga ham kelmagan. Fursatdan foydalanib, butun xalqimizdan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan kechirim soʻrayman. Meni kechiringlar", — dedi Ahmad Tursunboyev.

Axmad Tursunbayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ahmadboy ustidan sud jarayoni boshlandi

Eslatib oʻtamiz, Ahmadboy va uning besh nafar sherigi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 211- (poraxoʻrlik) va 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) boʻyicha ayblanmoqda.

A. Tursunbayev 2015 yil Toshkent viloyati Chinoz tumanida "Chinoz halol chorva" va "Chinoz avto hamkor trans" korxonalarini tashkil qilgan. U va uning xodimlari milliy va chet el valyutasida aholidan eng kamida yiliga 100 foiz ustama berish sharti bilan pul olib kelgan. Shu bilan birga Ahmadboy pulni qaytarib berishga hech qanday kafolat bermagan.

Tomonlar, agar unga biror narsa boʻlsa, hech kim hech narsa talab qilmaslikka kelishib olgan.

Ikki yil mobaynida Ahmad Tursunbayev va uning sheriklari katta miqdordagi pul, chorva mollar va turli rusumli avtomobillarni oʻzlashtirib kelgan. Ularning jinoiy faoliyati besh yil davom etgan. Maʼlum qilinishicha, bundan minglab fuqarolar jabr koʻrgan.

Sudning yakuniy qarori 19 fevral kuni eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala