Urganchda O‘zbekistondagi eng katta masjidlardan biri qurilishi yakuniga yetmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishRestavratsiya doxodnogo doma kupsa Vasiliya Bikova
Restavratsiya doxodnogo doma kupsa Vasiliya Bikova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Urganchga tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi eng yirik masjidlardan biri qurilishiga tamal toshini qo‘ygandi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Urganchda O‘zbekistonning eng yirik masjidlaridan biriga aylanadigan "Oxun bobo" masjidi qurilishi nihoyasiga yetmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Masjid prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilmoqda. Davlat rahbari o‘tgan yili Urganchga tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi eng yirik masjidlardan biri qurilishiga tamal toshini qo‘ygandi.

© Foto: http://muslim.uzV Urgenche zavershayetsya stroitelstvo mecheti "Oxun bobo"
V Urgenche zavershayetsya stroitelstvo mecheti Oxun bobo - Sputnik O‘zbekiston
V Urgenche zavershayetsya stroitelstvo mecheti "Oxun bobo"

"Ayni paytda masjid qurilishi deyarli yakuniga yetdi. Hududi 3,5 gektar maydonda 3,5 ming kishiga mo‘ljallangan yozgi ayvonlar, qabulxona, avtoturargoh barpo etildi. Masjid yonida balandligi 45 metrli minora qad rostlaydi. Betakror arxitekturaga ega ushbu inshoot mamlakatdagi eng katta masjidlardan biri bo‘ladi", — deya qayd etishdi O‘zbekiston musulmonlari idorasida.

Qurilishga 10 milliard so‘mga yaqin homiylik va xayriya mablag‘lari sarflanmoqda. Masjid Ramazon oyining birinchi kunida ochilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0