Siyosat

Markov: Oʻzbekiston - Rossiyaning uglevodorod qazib olish boʻyicha yetakchi hamkori

© SputnikViktor Markov, starshiy analitik IK "Tserix Kepital Menedjment"(fotografiya s ekrana monitora)
Viktor Markov, starshiy analitik IK Tserix Kepital Menedjment(fotografiya s ekrana monitora) - Sputnik Oʻzbekiston
"Tserix Kepital Menejment" investitsiya kompaniyasining katta analitigi Viktor Markovuglevodorod qazib olish boʻyicha Rossiyaning Markaziy Osiyodagi yetakchi hamkori Oʻzbekiston ekanligini taʼkidlab oʻtdi

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Sputnik radiosiga bergan intervyusida Viktor Markov Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasida neft-gaz sohasida olib borayotgan hamkorlik istiqbollari haqida soʻzladi.

Eskpertga koʻra, Markaziy Osiyodagi beshta davlat ichida Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻiston kompaniyalari bilangina yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻygan.

Ploщadka slivnыx jeleznodorojnыx estakad - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Transneft" Oʻzbekistonga dekabrda 50 ming tonna neft yetkazib beradi
Buning boisi koʻproq geosiyosiy va reglament masalalariga borib taqaladi, dedi Markov.

"Oʻzbekistonga keladigan boʻlsak, u yerda allaqachon gaz qazib olishda, shuningdek, qisman boʻlsa-da, neft qazib olishda ham ishtirok etayotgan "Lukoyl" oʻz ishini faol davom ettirmoqda. Bundan tashqari, Qozogʻistonda katta ishlar olib borilmoqda. Tojikiston va Turkmanistonda esa vaziyat murakkabroq. Bu yerda Xitoyning ham oʻrni salmoqli", — deb taʼkidladi Markov.

Rossiyaning ushbu mintaqadagi asosiy raqobatchisi — Xitoy haqida gapirar ekan, tahlilchi, u elektrenergiyaga talabi yuqori boʻlgan ulkan mamlakat ekanligini taʼkidladi. "Shu bois, Xitoy, energya resurslarini xarid qilish bilan cheklanmasligi tabiiy, u butun dunyo boʻylab foydali qazilmalar razvedkasida va qazib olish jarayonida ishtirok etayotgan kompaniyalar tarmogʻini yaratmoqda", — qoʻshimcha qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala