Jamiyat

Oʻzbekistonda dehqon bozorlari xususiy kompaniyalarga oʻtishi mumkin

© Flickr / Dan LundbergUzbekskiy rыnok
Uzbekskiy rыnok - Sputnik Oʻzbekiston
Dastlabki tajriba-sinov loyihasi Toshkentda oʻtkazilishi moʻljallanmoqda

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda bir dehqon bozori va savdo majmuasini ixtisoslashgan xususiy kompaniya boshqaruviga topshirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Na territorii tashkentskogo bazara «Urikzor» prorvalo teplotrassu - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻrikzor" bozori sotuvga qoʻyilmaganligiga aniqlik kiritildi

Bu davlat rahbarining tijorat tashkilotlarida davlat ishtirokini yanada kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar haqidagi qarori loyihasida koʻzda tutilgan.

Dastlabki tajriba-sinov loyihasini Toshkentda oʻtkazish taklif etilmoqda. Poytaxt maʼmuriyatiga tajriba oʻtkaziladigan dehqon bozori va savdo majmuasini aniqlash uchun uch oy muddat beriladi. Ular shartnoma asosida kompaniyalarga, xususan mazkur yoʻnalishda faoliyatni tashkil etish va olib borish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

Tajriba-sinov loyihasi yakunlariga koʻra 2019 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda Davlat raqobat qoʻmitasi davlat mulkini, jumladan davlat ulushi va davlat korxonalarini ixtisoslashgan maxsus kompaniyalarga topshirish boʻyicha hukumatga takliflar kiritadi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat dehqon bozorlari aktsiyalarining nazorat paketi Toshkent maʼmuriyatiga tegishli. Bozorlar faoliyatini tarkibiga 20ta bozor va savdo majmuasi kiradigan "Toshbozorsavdo" assotsiatsiyasi nazorat qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala