Analitika

Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi nimalari bilan yodda qoladi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev pribыl v Buxarskuyu oblast dlya oznakomleniya s ispolneniyem prejnix porucheniy i opredeleniya perspektivnыx zadach
Shavkat Mirziyoyev pribыl v Buxarskuyu oblast dlya oznakomleniya s ispolneniyem prejnix porucheniy i opredeleniya perspektivnыx zadach - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti anʼanaga koʻra hafta oxirida viloyatlardan biriga tashrif buyurdi. Bu safar Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Davlat rahbari viloyatga tashrifi davomida nimalarga eʼtibor berdi, Buxoro viloyatida yaqin ikki yil ichida qanday ishlar amalga oshiriladi — Sputnik muxbirlari mulohaza yuritadi

Yolgʻon axborot tirikchilik manbaimi

Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi boshlangan kuniyoq yolgʻon xabarlar tarqalishi boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda qator mulozimlarning ishdan boʻshatilgani haqida yozishdi. Hattoki ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari viloyat hokimining lavozimidan ozod qilingani haqida xabar berdi… 

Nima ham deyish mumkin, haqiqatan davlat rahbarining viloyatlarga tashriflari davomida amaldorlarning ishdan boʻshatilishi kuzatilgan. Ammo mazkur holatda yuqoridagi xabarlar tasdiqlanmadi va bugun rasmiy raddiya ham eʼlon qilindi. Bir narsani ham aytib oʻtish kerak, mahalliy hokimiyatlarda ochiqlik borasida hali ham muammolar bor. Agarda viloyat hokimligi matbuot xizmati keraklicha ishlaganida edi, bunday mish-mishlarga oʻrin qolmasdi.

Buxoroni turizmsiz tasavvur qilib boʻlmaydi

Oʻzbekiston bugungi kunda turizmni rivojlantirish va xorijliklarni mamlakat gavharlari — Buxoro, Samarqand va Xivaga jalb etish boʻyicha misli koʻrilmagan ishlarni amalga oshirmoqda. Yaqinda yetti davlat fuqarolariga vizasiz rejim joriy etilishi va 39 davlat fuqarolariga viza rejimining soddalashtirilishi mamlakatga tashrif buyuruvchi mehmonlar sonini bir necha martaga oshiradi.

V Buxare poyavilsya levitiruyuщiy dervish - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Buxoroda "uchar" darvish paydo boʻldi

Xoʻsh, ular bu yerga kelib nimalarni koʻrishadi? Davlat rahbari bu bilan Buxoro viloyati misolida tanishdi. Buxoroning tarixiy qismida yoki Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, "shaharning yuragida" ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda haqiqiy oʻrta asrlar hunarmandlari mavzesi paydo boʻladi, Poyi Kalon va Mir Arab madrasalari qayta taʼmirlanradi, Haqiqat va Nurobod koʻchalari kengaytirilib, turistlar uchun sayohat xiyobonlariga aylantiriladi.

Shaharga kelgan turistlar bugundanoq mazkur hunarmandlar koʻchasida boʻlishlari, oʻzlari yoqtirgan buyumlarni xarid qilishlari, ustalarning qanday ishlashlarini kuzatishlari mumkin.

Bundan tashqari, bu yil Poyi Kalon majmuasidagi tarixiy yodgorliklar, Abdulazizxon, Ulugʻbek va Mir Arab madrasalari taʼmirlanadi. Buxoroning yana bir ramzi — Ark qalʼasi ham yangilanadi. Bu yerda inshootning ichki qismini taʼmirlash rejalashtirilgan.

Viloyatda turizmni rivojlantirish kontseptsiyasida birgina shu yilning oʻzida 61 loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Buxoroda 44 mehmonxona, 10 park quriladi, zamonaviy turistik avtobuslar sotib olinadi, yangi sayohat turlari tashkil etiladi.

Gʻarblik talabchan turistlarning hordiq chiqarishlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Buning uchun zamonaviy kinoteatrlar tarmogʻini tashkil etish, havo sharlarida parvoz, maxsus fermer xoʻjaliklariga safarlar uyushtirish, veloyoʻlaklar va yangi koʻngilochar maskanlar qurish rejalashtirilgan.

Vatanda ishlash kerak

Oʻzbekiston hukumati milliy iqtisodiyotni tiklash va mamlakatda yangi ish oʻrinlari yaratish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Bu har yili qoʻshni davlatlarga yoʻl olayotgan millionlab migrantlar oqimini kamaytirish imkonini beradi. Bu ayniqsa Rossiyada ishlash uchun yoʻl olgan 52 nafar oʻzbekistonlikning Qozogʻistonda halok boʻlishi voqeasidan soʻng yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na zasedanii v Buxarskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifidan asosiy maqsadi nima ekanligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda tashrifdan eng asosiy maqsadi odamlarni ish bilan taʼminlash ekani, aniq loyihalarni hayotga tatbiq etish hisobidan viloyatda 90 ming ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilganini taʼkidladi.

Viloyatda bu borada qator ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, Buxoroda baliqchilik sohasi rivojlantiriladi.

"Buxorobaliqsanoat" tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Qoʻshimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq goʻshtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xoʻjaliklarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. Prezident Buxoro viloyatida bu sohani rivojlantirishga yana 100 milliard soʻm ajratish, mutaxassislar tayyorlash boʻyicha koʻrsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev poruchil sozdat spetsializirovannыy institut i fond dlya razvitiya karakulevodstva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident Buxoroda qorakoʻlchilik instituti va jamgʻarmasini tashkil etish topshirigʻini berdi

Shavkat Mirziyoyev qorakoʻlchilikni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Buxoro qorakoʻlchilikning asl vatani ekani, mahalliy aholi ilgaridan bunday mahsulotlarni butun dunyoga sotib, katta daromad topganini qayd etdi. Bu sohada yoʻqolib borayotgan naslchilik va tajribani qayta tiklash, choʻpon va tikuvchi hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash zarurligini taʼkidladi. Qorakoʻlchilik boʻyicha institut va jamgʻarma, Buxoroda zavod tashkil etish yuzasidani topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, viloyatda tut bargidan foydali choy ishlab chiqarishga doir loyiha amalga oshiriladi. Mutaxassislarning fikricha, tut bargida kofein va tanin moddasi odatdagi choydan 200 barobar kam. Vitamin va minerallar esa, aksincha, koʻproq.

Prezident bu loyihani maʼqullab, bunday choy aholi salomatligi uchun foydaliligi, import oʻrnini bosishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, mamlakatda oʻsadigan shifobaxsh neʼmatlar, xususan tsistanxe va isiriq oʻsimligiga xorijiy farmatsevtika korxonalarida talab yuqoriligiga eʼtibor qaratilib, bunday tabiiy imkoniyatlarni toʻla ishga solish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish, eksportni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Investitsiya va yangi ish oʻrinlari yaratish nuqtai nazaridan, Singapurning Indorama kompaniyasi tekstil loyihasi yirik loyihalardan boʻladi. Kompaniya "Buxoroteks" korxonasi negizida yangi majmua barpo etadi. Loyihaning umumiy qiymati 115 million dollardan oshadi, bu yerda 650 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi.

Kogon tumanidagi chiqindilarni saralash va qayta ishlash klasterida metall, tosh, shisha, yaroqsiz rezina va avtoshinalar, plastmassa, yogʻoch-taxta boʻlaklari, shox-shabbalar, makalatura, qurilish materiallari, matolar chiqindisi saralanadi. Ulardan briket, sintetik tola, qogʻoz karton, toʻqimachilik matosi, qurilish bloklari, biogumus va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi.

"Chiqindi qayta ishlansa, tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi, koʻplab ish oʻrinlari yaratiladi. Eng muhimi, ekologiyamiz toza boʻladi, keyinchalik suv va havo orqali aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oldi olinadi", — dedi Mirziyoyev.

Kichkintoylar ham eʼtiborda

Mirziyoyevning tashrifi davomida bolalar bogʻchalariga borish ham oʻziga xos anʼanaga aylandi. Ushbu eʼtibor tufayli Oʻzbekistonda keyingi yillarda mazkur tizimni qayta shakllantirishga jiddiy kirishildi. Xususan, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi, Koreya tajribasi asosida maktabgacha taʼlim muassasalari qurish boʻyicha rejalar tuzildi.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida 343 ta maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyat koʻrsatmoqda, ulardan yettitasi xususiydir.

Mirziyoyev 280 oʻringa moʻljallangan 54-maktabgacha taʼlim muassasasida boʻldi. Bogʻcha binosi oʻtgan yili kapital rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy jihozlangan. Davlat rahbari bogʻchada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi.

Bogʻchada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlangʻich rivojlantirish markazi faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Ajdodlar yodi muqaddas

Tarixiy diniy yodgorliklar ham prezident eʼtiboridan chetda qolmadi. Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Qurʼon tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya poseщeniya memorialnogo kompleksa Xodja Abduxolik Gijduvaniy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

Hozirda mamlakatda ziyorat turizmiga katta eʼtibor qaratilmoqda, shu bois Mirziyoyev muqaddas qadamjolarning obodonlashtirilishiga alohida eʼtibor qaratdi.

Davlat, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar koʻpligi, ularni ziyorat qilish ham qarz, ham ulkan saodat ekanini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev rejalashtirilgan qurilish ishlari mazmunan chuqur oʻylanmaganini tanqid qildi hamda "Yetti pir" maqbaralarini obod qilish, ularni bir yoʻl bilan bogʻlash loyihalarini takomillashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Obodonchilik

Tashrifning ikkinchi kuni Mirziyoyev arzon uy-joylar qurilayotgan qurilish maydonchasida boʻldi. Oʻtgan yili may oyida qurilishi boshlangan uylarni mart oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ushbu 39 ta koʻp qavatli turar joy bitgach, 1024 ta oila oʻz uyiga ega boʻladi.

Buxoro shahrida ulkan bunyodkorlik loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ulardan biri — Islom Karimov koʻchasi qiyofasini oʻzgartirish loyihasidir. Unga muvofiq, koʻchaning ikki tomonida zamonaviy binolar, yashil hududlar, dam olish maskanlari va boshqa obʼyektlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ibn Sino, Ayniy, Hamza, Iqbol va boshqa koʻchalarda koʻp qavatli uylar, savdo markazlari, maishiy xizmat obʼyektlari barpo etilmoqda. Bu aholini arzon va zamonaviy uylar bilan taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Prezident loyihalarni takomillashtirish, sifat va muddatga amal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala