O‘tgan yilil 18 ming kishi “qora ro‘yxatdan” o‘chirildi - IIV

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki
Sotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diniy-ekstremistik oqimlar a’zolari sifatida “qora ro‘yxat”ga kiritilgan fuqarolar ismlarini ushbu ro‘yxatdan chiqarib tashlash davom etmoqda.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan 2017-yil davomida 18 ming fuqaro "qora ro‘yxatdan" o‘chirildi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qarori bilan IIV tizimiga yangi lavozimlar kiritildi

IIV rahbari Bobojonov aytishiga qaraganda, maxsus komissiya ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan har bir kishining hujjatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, IIV Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan yo‘lidan adashgan fuqarolarining "pushaymonlik arizalari"ni  qabul qilishda davom etmoqda.  Ushbu arizalar bo‘yicha qarorlar mahalliy boshqaruv organlari, diniy muassasa vakillari, qo‘ni-qo‘shni va qarindoshlar fikrlarini hisobga olgan holda qabul qilingan.

"O‘tkazilgan ushbu ishlar natijasida, faqat o‘tgan yil daovmida 18 mingdan ortiq fuqarolar maxsus ro‘yxatdan o‘chirildi. Ulardan 16 mingi odatiy hayotga qaytgan va 9,5 ming nafari ishga joylashtirilgan", — dedi vazir.

Undan tashqari, 2017-yil davomida insonparvarlik tamoyili asosida jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan 1 932 mahkum ozodlikka chiqarilgan va 8 835 mahkum manzil-koloniyalariga o‘tkazildi, 9 462 mahkumning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0