Yadroviy chemodan tufayli AQSh va Xitoy maxsus xizmatlari o‘rtasida janjal bo‘ldi

© AP Photo / Andrew HarnikSotrudniki kitayskix spesslujb vo vremya vstrechi prezidenta SShA Donalda Trampa i glavi KNR Si Szinpina v Pekine. 9-noyabrya 2017
Sotrudniki kitayskix spesslujb vo vremya vstrechi prezidenta SShA Donalda Trampa i glavi KNR Si Szinpina v Pekine. 9-noyabrya 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa 9-noyabr kuni, AQSh prezidentining Xitoyga tashrifi chog‘ida sodir bo‘ldi

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. 2017-yilda AQSh prezidentining Xitoyga tashrifi chog‘ida Trampning "yadroviy chemodani" tufayli Xitoy va AQSh maxsus xizmat xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi, deb xabar qildi RIA Novosti Axios nashriga tayangan holda.

Tramp o peredannix SRU razveddannix RF dlya predotvrasheniya terakta v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp migrantlarni tanlash bo‘yicha yangi milliy markazni joriy etdi

Hodisa 9-noyabr kuni sodir bo‘ldi. AQSh prezidenti Xitoy rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish maqsadida majlislar zaliga kirmoqchi bo‘lgan paytida, uning ortidan maxsus xizmat xodimi "yadroviy chemodan" bilan kirishga harakat qiladi. Odatda u har doim AQSh prezidenti bilan birga yurardi.

Biroq Xitoy xavfsizlik xizmati xodimi chemodan ko‘targan xodimni zalga kirishiga ruxsat bermadi. AQSh delegatsiya vakillari Oq uy apparati rahbari Djon Kellini chaqirishadi va u "biz kiramiz" deya qat’iyatlik bilan zalga kirishga harakat qiladi.

"Keyin to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Xitoy xavfsizlik zobiti qo‘li bilan Kellini ushlaydi, lekin Kelli uning qo‘lini siltab tashlaydi. Shundan so‘ng, AQSh maxfiy xizmat agenti Xitoy xodimini ushlab olib, uni yerga ag‘anatdi", — deb ma’lumot bergan Axios nashri.

Nashrga ko‘ra, "to‘qnashuv vaqtida Xitoy maxsus xizmat xodimlari yadroviy chemodanga yaqinlashishmagan va tegmaganlar".

Yangiliklar lentasi
0