Jamiyat

Oʻzbekiston pochtasi bank va sugʻurta xizmatlari koʻrsata boshlaydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishRabota pochtы
Rabota pochtы - Sputnik Oʻzbekiston
Pochta boʻlimlarida pul oʻtkazmalari, plastik kartalarga xizmat koʻrsatish va depozitlar ochish xizmatlarini yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 20 fev – Sputnik. “Oʻzbekiston pochtasi” kelajakda bank va sugʻurta xizmatlari koʻrsatishi mumkin deb xabar qilmoqda, Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev Axborot kommunikatsiya va Moliya vazirliklari hamda Markaziy bankka aprel oyiga qadar ushbu loyiha borasida oʻz takliflarini kiritishni topshirdi.

Moskvada Pochta Rossii boʻlimi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Migrantlar “Pochta Rossii” orqali pul oʻtkazishi mumkin

“Oʻzbekiston pochtasi”da autsorsing asosida pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, plastik kartalarga xizmat koʻrsatish va depozitlar ochish xizmatlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Undan tashqari prezident Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga 2018 yil may oyining oxiriga qadar “Oʻzbekiston pochtasi”ni isloh qilish rejasini ishlab chiqishni topshirdi.

Ushbu reja yetakchi mamlakatlar tajribasini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni jalb  qilish, pochta tarmogʻini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta almashuv punktlari tashkil qilishni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.

Prezident shuningdek, “Oʻzbekiston pochtasi”ga "Matbuot tarkatuvchi" AJni qoʻshib olish taklifini ham maʼqulladi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston pochtasi 14ta hududiy boʻlim, 49ta tumanlararo markaz, 1745 aloqa boʻlimlari va 4794ta yetkazib berish punktlaridan iborat. Undan tashqari pochta tarkibida bir necha iztisoslashgan filiallar ham bor.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilda “Oʻzbekiston pochtasi” zamonaviylashtirish uchun Koreyaning Intergen ITG kompaniyasi va ETRI instituti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala