Hodisalar

Qozogʻiston IIV oʻzbekistonliklar yonib ketgan avtobus texnik nosoz boʻlganini maʼlum qildi

© Foto : Komitet po CHS MVD RK Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana
Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Avtobus haydovchilari M.Pernebekov, N.Qirgʻizboyev hamda B.Tanatov jinoiy javobgarlikka tortilgan

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Oʻzbekistonliklarni Rossiyaga olib ketayotgan avtobus texni nosoz boʻlgan, deb maʼlum qildi Qozogʻiston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov deputatlari soʻroviga javobida.

Vazirning bildirishicha, avtobus texnik nosozlik sababli Chimkent-Samara avtotrassasining 1068-kilometrida harakatlanishdan toʻxtagan. Avtobus haydovchilari bu haqda favqulodda xizmatlarga xabar bermay hamda yoʻlovchilar xavfsizligi boʻyicha choralar koʻrmay, yoqilgan kavshar lampa yordamida ehtiyotsizlik tufayli ochiq idishdan benzin toʻkib yuborilgan transport vositasi salonini isitishni boshlashgan va oqibatda yongʻin yuz bergan.

Sgorevshiy avtobus, v kotorom pogibli 52 cheloveka iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Aqtoʻbeda yonib ketgan avtobus haydovchilari hibsga olindi, ular 10 yilga qamalishi mumkin

Vazirlik tergov departamenti tomonidan Aqtoʻbe viloyatida 52 kishining halok boʻlishi holati yuzasidan Qozogʻiston JKning 345-moddasi 4-qismi va 348-moddasi 4-qismi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, deb yozadi Sputnik Qozogʻiston.

Avtobus haydovchilari M.Pernebekov, N.Qirgʻizboyev hamda B.Tanatov jinoiy javobgarlikka tortilgan, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov davomida texnik nosoz avtobusning yoʻnalishga chiqarilishi sabablari, shartlari va asoslari aniqlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 18 yanvar kuni Chimkent-Samara avtotrassasida ichida 57 kishi boʻlgan avtobus yonib ketgandi. Yongʻinda 52 kishi halok boʻlgan, uch nafar qozogʻistonlik va ikki nafar oʻzbekistonlik fuqaro omon qolgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala