O‘zbekiston Misrga maishiy texnika yetkazib beradi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishNa odnoy iz ulis Kaira
Na odnoy iz ulis Kaira - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelishuvlar shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston Misrga Artel kompaniyalari guruhi korxonalarida ishlab chiqarilgan maishiy texnika buyumlarini yetkazib beradi

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. "O‘zeltexsanoat" AK va Qohira savdo palatasi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Misr biznesmenlari assotsiatsiyasi bilan o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi.

Kelishuvlar shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston Misrga Artel kompaniyalari guruhi korxonalarida ishlab chiqarilgan maishiy texnika buyumlarini yetkazib beradi.

"Eco Solar Energy Misr va Liviya bozorlarida sotish uchun Artel quyosh panellarini sotib olishga qiziqish bildirdi, Toshiba — Al-Arabi esa "O‘zeltexsanoat" AK bilan birgalikda maishiy texnika ishlab chiqarish zavodlarini qurish bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritishni mo‘ljallayotganini bildirdi", — deb yozadi "Jahon" AA.

Shuningdek Korra Energy Misr va unga qo‘shni mamlakatlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kabel mahsulotlari va LED-chiroqlar distribyutori bo‘lish taklifi bilan chiqdi.

Bundan tashqari, tomonlar Misrga O‘zbekistonning RAF Express kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan mis quvurlarni yetkazib berish masalasini muhokama qildi.

Yangiliklar lentasi
0