Jamiyat

Oʻzbekiston chaqaloqlar oʻlimi pastligi boʻyicha Markaziy Osiyoda ikkinchi oʻrinda

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Fotobankka oʻtishMolodыe mamы v poslerodovom otdelenii
Molodыe mamы v poslerodovom otdelenii - Sputnik Oʻzbekiston
Chaqaloqlar oʻlimi eng past boʻlgan davlat esa Yaponiya

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Oʻzbekiston chaqaloqlar oʻlimi koʻrsatkichi boʻyicha 184 mamlakat ichida 71-oʻrinni oldi. Bu haqda YUNISEFning 2016 yil yakunlari boʻyicha hisobotida maʼlum qilindi. Chaqaloqlar oʻlimi qanchalik kam boʻlsa, reytingdagi mamlakat shuncha quyida joylashdi.

Chaqaloqlar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda chaqaloqlarga eng koʻp qoʻyilgan ismlar maʼlum boʻldi

YUNISEF maʼlumotlariga koʻra, reytingda 1-oʻrinda Pokiston joylashdi. Bu mamlakatda dunyoga kelgan har 1000 chaqaloqdan 45,6 nafari, boshqacha aytganda har 22 chaqaloqdan biri vafot etadi.

Oʻzbekistonda 1000 chaqaloqqa oʻrtacha 13,8 oʻlim holati toʻgʻri keladi, yaʼni 72 chaqaloqdan bittasi vafot etadi. Qirgʻizistonda ming chaqaloqqa 11,6 oʻlim holati toʻgʻri keladi – 86 chaqaloqdan bittasi vafot etadi.

Tojikistonda bu koʻrsatkich 1000ga 19,9, Turkmanistonda esa 22,3.

Chaqaloqlar oʻlimi eng past boʻlgan davlat esa Yaponiya. Bu yerda 1111 chaqaloqqa 1 oʻlim holati toʻgʻri keladi. Keyingi oʻrindagi Islandiyada ming chaqaloqdan bir nafari vafot etadi.

Hisobotda bildirilishicha, keltirilgan raqamlar oʻzgarishi ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala