Buxorodan Rossiya shaharlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Kirill KallinikovReysovie avtobusi
Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxorodan Rossiyaning Ufa, Rostov-Don, Sankt-Peterburg, Moskva va boshqa shaharlariga avtobus yo‘nalishlari ochiladi

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Buxorodan Rossiya shaharlariga muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qo‘shimcha 3 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida hududda yo‘lovchi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar bilan ham tanishdi.

"Yo‘lovchi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatishni rivojlantirish rejasiga ko‘ra, katta sig‘imli avtobuslar sotib olinadi. Buxorodan Rossiyaning Ufa, Rostov-Don, Sankt-Peterburg, Moskva va boshqa shaharlariga avtobus yo‘nalishlari ochiladi", — deyiladi O‘zA xabarida.

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari 2000-yil mayida xalqaro avtomobil qatnovlari, jumladan avtobus qatnovlarini tartibga soluvchi kelishuvni imzolagandi. Ammo hozirda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmagan.

Mahalliy OAVning ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat qilish uchun boradigan fuqarolar yo‘l kira haqi arzonligi uchun avtobusda ketishni ma’qul ko‘rishadi.

Yangiliklar lentasi
0