Turizm

Buxoroning tarixiy markazida bepul Wi-Fi tarmogʻi yoʻlga qoʻyiladi

Shu kunlarda Buxoroda sayohlar uchun elektromobillar xizmati yoʻlga qoʻyildi

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Buxoroning butun tarixiy qismi bepul Wi-Fi tarmogʻi bilan qoplanadi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Vozdushnыy shar v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Qadimiy Buxoro osmonida ilk bor havo shari uchirildi

Xabarda aytilishicha, Buxoroning turistik markazida infratuzilmani yaxshilashga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor sarmoyachilar va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi saʼy-harakatlari bilan bu loyihani amalga oshirish ishlariga start berildi.

Internet tarmogʻiga ulanish sifat talablariga javob berishi va foydalanuvchilar shaxsining majburiy identifikatsiyasi bilan amalga oshirilishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 3 fevralidagi "Oʻzbekiston Respublikasining turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq, jamoatchilik joylarida internetga bepul kirish zonalarini yaratadigan operatorlar, provayderlar va boshqa xoʻjalik subʼyektlari Wi-Fi taqdim etiluvchi hududda reklama bannerini bepul oʻrnatish imkoniga ega boʻlishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala