Qirg‘izistondagi kafeda portlash oqibatida uch o‘zbekistonlik jarohatlandi

Obuna bo‘lish
Dastlabki taxminga ko‘ra, novvoyxonada gaz sizib chiqishi oqibatida portlash yuz bergan

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Qo‘chqor-Ota shahridagi kafelardan birida gaz balloni portlashi oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston Jalolobod viloyati IIBga asoslanib.

Portlash natijasida Toktogul tumanidagi Torkent qishlog‘ida yashovchi Qirg‘iziston fuqarosi va kafeda ishlovchi uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangan.

"Hodisa sababini o‘rganish uchun Nooken tumani IIB operativ guruhi voqea joyiga jo‘natildi. Dastlabki taxminga ko‘ra, novvoyxonada gaz sizib chiqishi oqibatida portlash yuz bergan", — deb xabar qildi IIB matbuot xizmati.

Hozirda tegishli tekshiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0