Ahmadboyga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi

© Foto D. Chirkovoy / Narodnoe slovo"Uzbekskiy Mavrodi" — Axmad Tursunbayev, izvestniy takje kak Axmadbay
Uzbekskiy Mavrodi — Axmad Tursunbayev, izvestniy takje kak Axmadbay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud majlisi qaroriga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Moliyaviy piramida asoschisi, chinozlik Ahmadjon Tursunboyevga 13-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha so‘nggi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Axmad Tursunbayev - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboyning so‘nggi so‘zlari: men hech kimni hech narsaga majbur qilmaganman

Sud majlisi qaroriga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, Tursunboyev bir yil muddatga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishdan mahrum etildi va eng kam ish haqining 400 baravari — 52 mln 96 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24-yilligi munosabati bilan qabul qilingan amnistiya aktiga asosan, unga qo‘llanilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni o‘tash muddati 2016-yilning 16-iyunidan boshlab hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz Ahmad Tursunboyev va uning  sheriklari 2016-yilning iyul oyida qo‘lga olingan edi. Jinoiy guruh a’zolari aholidan o‘ta katta miqdorda mablag‘ qabul qilib, uni bir yil ichida 100% stavkasi bilan qaytarib berishni va’da berishgan. Shuningdek, ular aholiga oyiga 40% stavkasi bilan aholiga qarz ham berishgan.

Jinoiy guruh turar joylarida qidiruv o‘tkazilganida 13,1 mlrd so‘m, 7,9 mln dollar pul mablag‘lari hamda bir necha qimmatbaho avtomobillar topilgan.

Yangiliklar lentasi
0