Hodisalar

Toshkentdagi hujum: bosqinchilar elektroshoker va pnevmatik toʻpponchadan foydalanishdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishruki naruchniki
ruki naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni vaqtda bosqinchilar qoʻlga olingan

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati 2018 yil 13 yanvar kuni uch nafar nomaʼlum shaxslar Muqimiy koʻchasida toʻxtab turgan "PREMIUM COMMUNICATIONS" MCHJga tegishli "Lasetti" rusumli avtomashinaga hujum qilganliklari haqida xabar qildi.

Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston janubida YTHda toʻrt kishi halok boʻldi
Taʼkidlanishicha, bosqinchilar avtomashina ichida boʻlgan fuqarolar — S.Shoyunusov va YA.Yahyoyevlarning turli joylariga urib tan jarohati yetkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qoʻrqitishgan.

Bosqinchilar Shoyunusovni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirishgan, unga tegishli 15 mln. soʻm hamda YA.Yahyoyevga tegishli 8 mln. soʻm pullarni olib, voqea joyidan yashirinishgan.

Koʻrilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tugʻilgan U.Samadov sodir etganligi aniqlangan va u qoʻlga olingan. Bosqinchining sheriklarini aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala