Jamiyat

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan oʻzga xech kim, hech nima kerak emas edi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tez-tez koʻzimiz tushadi: Toshkentda ayol oʻz farzandini ikki ming dollarga sotmoqchi boʻldi... Farzandini sotib puliga uy olmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi... Sputnik mualliflaridan biri sotilgan bola tilidan jigarbandi oʻrniga valyutani yaqinroq koʻradigan onalarga maktub yozdi. Yozilganlarning barchasi muallif taassuroti, xolos

Mening mehribonim! (gʻalati, endi bu ibora kinoyaday eshitilyapti).

Motamsaro ona haykali, Toshkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Eksklyuziv: Ilhom Jabborov "Motamsaro ona" timsolida kimni tasvirlagan edi?
Bilaman, kattalar biz goʻdaklarni hech nimadan xabarsiz, tushunmaydi, deb oʻylaydi. Siz ham shunday fikrlaysiz, oyi. Biz esa aslida juda koʻp haqiqatni bilamiz, hatto siz allaqachon unutib yuborgan tuygʻularni ham tiniqroq his etamiz (malomat qilmayapman, faqat mehrni nazarda tutganim yoʻq).

Yorugʻ olamga kelgan vaqtimda ilk bor qoʻlingizga olib, koʻkrak tutganingizda hidingizni tuydim. Bu hidni haligacha ming-minglab iforlar orasidan adashmay tanib olaman…

Sizning quyosh kabi yuzingizni ham oʻshanda koʻrganman va bir umrga jajji ongimda muhrlanib qolgan.

Oftob kabi yorugʻ, iliq va mehr ufurgan chehra, tinchlik, xotirjamlik, toʻkinlikni vaʼda qilayotgan, shundan dalolat berayotgan hidingiz yorugʻ olamga kelib, chekkan azoblarimni bosib ketgan edi.

Mat s mladentsem - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Farzandini sotib puliga uy olmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi
Kattalar hayot haqida koʻp bilimi borligini, buni umrlari davomida toʻplaganlarini aytib, maqtanishadi. Lekin bir haqiqatdan bexabarsiz — odam vaqt oʻtgan sari eng nozik tuygʻularini yoʻqotib, unutib boradi. Birinchi boʻlib, onaning hidini unutasiz. Soʻng uning yuzidan charaqlagan nurni ilgʻamay qoʻyasiz. Sizga oʻxshaganlar esa bora-bora mehrni ham unutadi. Pul bilan, oʻsha suratli, jonsiz qogʻozlar bilan hammasiga erishsa boʻladi, deb oʻylaysiz. Meni allaqancha qogʻozga alishdingiz… Bu qogʻozlar muammolarimni hal qilib beradi, deb oʻyladingiz? Oʻz jigargoʻshangiz, yaqinda qoningiz, tanangiz bir boʻlgan, siz uchun har nega qodir farzandingizni sotib, yana qanday muammoni hal qilmoqchi boʻldingiz, bilmadim!?

Pul kerakmidi sizga? Unga uy-joy qilmoqchimidingiz? Meni olib borish uchun uyingiz yoʻqmidi? Menga kiyim, quruq sut olib berishga qurbingiz kelmasmidi?

Menga pul kerak emas, oyijon! Mening pulim ham, borim ham, yoʻgʻim ham oʻzingiz! Menga uy kerak emas! Sizning bagʻringiz har qanday koshonadan ulugʻ!

Menga kiyim kerak emas! Eski boʻlsa ham koʻylagingizning etagiga solib, oʻrab olib yursangiz, menga shu eng poʻrim kiyimdan afzal.

Menga quruq sut ham zarur emas! Koʻkragingizdan kelib turgan sutning oʻzi yetarli. Xudoyimning oʻzi men uchun kerak boʻladigan hamma-hammasini muhayyo qilgan edi-ku. Siz nega koʻnmadingiz? Men hali nafsim va ehtiyojimdan ming barobar koʻproq talab qiladigan ochkoʻzlik darajasida emasdim. U siz, kattalar, nafsingizga erk berasiz, bizga esa ozgina mehr va Alloh yuborgan neʼmatlar yetarli.

Koʻryapsizmi, oyijon, menga hech narsa kerak emas, sizni bezovta ham qilmasdim, faqat issiq bagʻiringizda boʻlsam bas edi.

Hodisalar
Toshkentda ayol oʻz oʻgʻlini 2 ming $ ga sotmoqchi boʻldi
Sen ishongan yakka-yu yagona insoning seni sotsa, yakka-yu yagona tayanching ustingga togʻlarni qulatsa… Qayga borish, kimga dodingni aytish mumkin? Axir men ojizman, na oʻz fikrimni ayta olaman, na oʻzimni uddalayman. Birov uchun xulosa qilayotganda odam, ayniqsa ona, oʻzining manfur maqsadlarini ustun qoʻyishi kerakmi? Siz meni dunyoga keltirgan boʻlsangiz-da, men uchun xulosa qilishga, men uchun gapirishga, men uchun qaror qabul qilishga haqqingiz yoʻq edi-ku!

Onalar farzandi uchun nima ish qilmasin, hammasi kechiriladi, lekin hatto farzandidan oʻzining razil maqsadi uchun foydalangan sizni kim deb atash mumkin?!

Siz meni inson oʻrnidan koʻrmadingiz… mendan koʻra allaqancha yashil qogʻozchalarni afzal bildingiz. Ona va bola oʻrtasidagi mehrdan ulugʻroq boʻlgan bu qogʻozlar nima oʻzi? Ularga shu mehrdan ham ortiq, shu mehrdan ham ulugʻroq nimani olish mumkin? Bilmayman…

Ishoning, bir kun ulgʻaysam, hamma muammolaringizni oʻzim hal qilib berardim… bir kun katta boʻlib, yoningizda turib, ishlab, oʻsha qogʻozchalardan koʻpini topib berardim, oyijon! Oʻsha qogʻozchalarga shunchalar oʻch ekansiz, nahotki bilmadingiz, men yoningizda, omon boʻlsam, sizning tirik pullaringiz ham boʻlishim mumkin edi. "Bor, pul topib kel", desangiz ishlab, mehnat qilib topib kelardim. Baribir sizni tashlab ketolmasdim-ku!

Bolalar uyi tarbiyalanuvchisi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonda ota-onalik majburiyati kuchaytiriladi
Bolaligimda siz menga mehr bersangiz, keksarganingizda men sizga mehr beradim-ku! Judayam kalta oʻyladingiz! Bu dunyodagi eng qadrli valyuta — mehr ekanini, nahotki bilmaysiz? Sinmaydi, qadrsizlanmaydi, oʻlmaydi… Mehr koʻzingizni koʻr qilgan dollardan ham qadrliroq ekanini bilmaysiz. Sizga oʻxshaganlar adashib, dollarga har nimani olaman, deb oʻylaydi. Aslida ular dollarga mehr sotib olmoqchi boʻlishadi. Dollarni-ku topishadi, lekin mehrni…

Bir haqiqatni bilmadingiz, oyijon, qogʻozning joni yoʻq, qogʻozga koʻp narsalarni alishtirsa boʻladi, lekin mehrni olib boʻlmaydi… Pulni bugun boʻlmasa ertaga, ertaga boʻlmasa indin topish mumkin, u hech yerga qochib ketmaydi, uni har yerdan, har ishni qilib topish mumkin, lekin endi meni qaydan topasiz? Men sizni qaydan topaman?!

Albatta, siz bu qogʻozlari xohlaganda farzandga aylantirish, uning mehrini sotib olish mumkin, deb oʻylaysiz. Shunday fikrda boʻlganingiz uchun ham meni shularga almashtirdingiz. Ishoning, oyijon, haqiqat bunday emas. Oʻrtamizdagi mehr bitta yurak, bir ong bilan yashayotgan davrda boshlangan. Qachonlardir ikkalamiz bir tomirdan oziqlanganmiz, bir yurak bilan yashaganmiz, bir ong bilan fikr qilganmiz, axir.

Bilsangiz, bu dunyoda sizga mendan-da yaqinroq odam yoʻq edi. Buni tez unutganingizga hayronman. Ikkalamiz yaxlit edik. Qirq hafta bir tan, bir jon boʻlib yashadik…

Qirq hafta!

Bu umrimning eng lazzatli, eng sharafli, eng yorqin, begʻubor, begʻam damlari ekan. Buni tugʻilganim hamonoq sezganman. Tezroq tugʻilishni, sizni koʻrishni juda-juda istardim…

Bola - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Meni oʻldirgan onamga maktub: hali nafratlanishni oʻrganmagandim
Tugʻilib, atrofdagi nomaʼlum hid, yorugʻlik, etni junjiktiradigan havo — hammasini darhol sezdim. Oʻshanda meni tinchlantirgan, chinqirib yigʻlashimni toʻxtatishga sabab boʻlgan yagona ilinj — sizning hidingiz va chehrangizni koʻrish baxti edi. Shunga erishdim va ular meni bir umr tark etmaydi, deb oʻylagan edim.

Biroq…

Men hali na hidingiz va na yuzingizdan yogʻilib turgan nurni unutib ulgurmagan edim. Ularga toʻymagan ham edim. Bu hid va bu nur hayotga kelib, topganim, his etganim eng qadrdon, eng oliy tuygʻularim, ishonchim, borligʻim edi. Biroq, siz meni sotdingiz!

Bir inson ikkinchisiga qilishi mumkin boʻlgan eng razil, eng qabih ishni siz oʻz farzandingizga qoʻlladingiz. Men-ku, kimning qoʻliga tushdim, bilmayman…

Balki farzand dogʻida yurgan, uni erkalab, papalab oʻstirsam, unga jonimniyam fido qilsam, deb orzu qilib yurgan, Xudo zurriyotdan qisgan odamlardir… Balki, oʻzining allaqanday razil maqsadlari uchun foydalanmoqchi boʻlayotgan yomon odamlardir…

Balki, inson aʼzolari bilan savdo qiluvchi nobakor kimsalardir… Bilmayman, bilishniyam istamayman!

Uzbekistantsы vo vremya prazdnika - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jamoatchilik fikri: ideal oila boʻlish uchun necha farzand boʻlish kerak?
Oʻz onasi sotgan inson uchun endi buning nima ahamiyati bor? Tugʻiliboq insoniyatning eng razil xiyonatiga duch kelgan, taqdiri, hayoti, tuygʻulari, orzu-oʻylari allaqanday toʻrt-besh qogʻoz parchasidan ham past qoʻyilgan goʻdakka qolgan barcha ishlar, qilmishlar oʻyinday tuyuladi, albatta.

Omon boʻling, oyijon! Hali meni koʻp, juda koʻp eslaysiz!!!

Bir ojiz goʻdak-da, deb oʻylamang… Men-ku sizga yomonlik tilamayman, lekin mehringizni sotib, oʻrniga arzon bahoga olganingiz — qahr umringiz soʻngigacha taʼqib qiladi!

Yangiliklar lentasi
0