Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida 60 metrlik fura yetti kilometrlik navbatni hosil qildi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishProbka iz fur na granitse
Probka iz fur na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
"Bu yerda yetti kilometrlik navbat hosil boʻlgan. Hammasi toʻxtab qolgan. Bir sutkada faqat 800 metr siljish yuz berdi. Yuk mashinalari haydovchilari bir-biridan yegulik soʻrab yurishibdi", - deb hikoya qilgan yuk mashina haydovchilaridan biri

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida transport tirbandligi yuzaga keldi, deb xabar berdi Podrobno.uz nashri BNews.kz tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, katta yuk mashinalari ikkinchi sutkadir-ki, bojxona koʻrigidan oʻta olmayapti. Bu dalnoboyщiklarning yoʻlini toʻsib qoʻygan ulkan fura tufayli yuz berganligi taʼkidlangan.

Kazaxstansko-uzbekskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegara masalalarini muhokama qildi
Nashr shuningdek, dalnoboyщiklarning eʼtirozini ham keltirib oʻtgan.

"Uch sutkadan beri turibman. Bu odamni ustidan kulishdan boshqasimas. Oqshomlari nomaʼlum kimchalar yigitlarning pritsepidagi eshiklarga qoʻyilgan plombalarni ochib ketmoqda. Shuning uchun navbat qilishga toʻgʻri kelyapti. Ayrim haydovchilarning viza muddati tugab bormoqda", — degan ular.

Haydovchilarning soʻzlariga koʻra, tirbandliklar 21 fevral kuni yuzaga kelgan. Ularning soʻzlariga koʻra, "Yallama" postida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga oʻtishi kerak boʻlgan 200ga yaqin furalar toʻplanib qolgan.

"Bu yerda yetti kilometrlik navbat hosil boʻlgan. Hammasi toʻxtab qolgan. Bir sutkada faqat 800 metr siljish yuz berdi. Yuk mashinalari haydovchilari bir-biridan yegulik soʻrab yurishibdi", — deb hikoya qilgan yuk mashina haydovchilaridan biri.

Ushbu vaziyatga Janubiy-Qozogʻiston viloyati bojxona nazorati boshqarmasida izoh berishgan.

Rahbariyatning soʻzlariga koʻra, katta yuk mashinalari sonini 140tagacha qisqartirishga erishilgan.

Linii elektroperedachi v uщelye Chыchkan v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston elektr energiyasi uchun Qozogʻistondan boʻlgan qarzidan toʻliq qutuldi
"Tirbandlik — ogʻirligi 305 tonna va uzunligi 60 metrlik mashina tufayli yuzaga keldi. U yoʻlni toʻliq toʻsib qoʻyib, ikki kun davomida darvozadan kirgan. Hozir u postdan oʻtdi, biz esa boshqa furalarni oʻtkazmoqdamiz. Bu furaga Oʻzbekiston tomondan ruxsat beruvchi hujjatlarni kutyapmiz. Oʻzbekistondan "ruxsat" degan ishora kelishi bilan, biz uni oʻtkazib yuboramiz", — deb aytgan Janubiy Qozogʻistondagi Davlat daromadlari departamenti Bojxona nazorati boshqarmasi rahbari vazifasini bajarayotgan Timur Mirzagalikov.

Suhbatdosh shuningdek, ushbu avtomashina Qozogʻistonga qaytadigan boʻlgan taqdirda ham xuddi shunday muammolar yuzaga kelishi mumkinligini taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala