Oʻzbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov hibsga olinmagan - OAV

© Sputnik / Aleksey FilippovSledstvennыy izolyator
Sledstvennыy izolyator - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq OAVlarda Qodirovga yirik miqdorda davlat mulkini oʻzlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlari oʻtkazish aybi qoʻyilayotgani hamda u hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekistondagi mahalliy OAVlar mamlakat sobiq Bosh prokurori, 66 yashar Rashidjon Qodirov hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

Segodnya rabotniki prokuraturы vpervыe otmechayut svoy prazdnik - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh prokurorga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Ilgariroq xorijiy OAVlarda Islom Karimov davridagi prokuror — Rashidjon Qodirov 22 fevral kuni qoʻlga olingani, unga nisbatan yirik miqdorda davlat mulkini oʻzlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlari oʻtkazish aybi qoʻyilayotgani hamda unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qoʻllangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mahalliy internet nashrlar, xususan, "Kun.uz" va "Daryo.uz" axborot nashrlari prokuraturadagi manbalariga tayangan holda Qodirovning hibsga olingani toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etmoqda.

Ularga koʻra, bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qilgan.

Respublika Bosh prokurori lavozimida 2000 yil aprelidan faoliyat yuritib 15 yil ishlagan Rashidjon Qodirov 2015 yilning aprelida ishdan boʻshatilgan. U 2015 yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi aʼzosiga aylangan, ammo 2017 yilning avgustidan sud aʼzolari tarkibidan uning nomi oʻchirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala