Jamiyat

Gruziya Oʻzbekiston uchun tranzit yuk tashish narxini ikki baravarga arzonlashtirdi

© pixabayGruzovыe vagonы
Gruzovыe vagonы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gruziya qishloq xoʻjaligi vazirligi va Tbilisi shahri hokimiyatida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobil va qishloq xoʻjaligi texnikasi butun liniyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Gruziya Oʻzbekistonga barcha turdagi oʻzbek mahsulotlari oʻz hududidan temir yoʻl orqali tashib oʻtilishi uchun 50% chegirma taqdim etdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Sohib Saifnazarov boshchiligidagi ishchi guruhining 22-23 fevral kunlari Tbilisiga amalga oshirgan ishchi tashrifi davomida ushbu kelishuvga erishildi.

"Gruziya temir yoʻllari" OAJ rahbariyati bilan boʻlgan uchrashuvda tomonlar temir yoʻl sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro transport koridorlaridan samarali foydalanish va ikki davlat temir yoʻllari orqali tranzit yuklarini tashish hajmini koʻpaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishdi.

"Ushbu muzokaralarning natijalaridan biri, bu Gruziya tomonidan barcha turdagi oʻzbek mahsulotlari tashib oʻtilishi uchun 50% chegirmaning taqdim etilishidir", — dedi Sohib Saifnazarov.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasining Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvida Tbilisida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi uchrashuvini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Kupol nad zdaniyem prezidentskogo dvortsa v Tbilisi. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida hamkorlik rivojlantirishga kelishib olindi

Uning doirasida maxsus bitimlar va shartnomalar tuzish, xususan, transport va logistika sohasida, Gruziya hududidan oʻtadigan transport koridorlari boʻyicha masalalar va shuningdek, Tbilisi shahrida qoʻshma savdo uyining ochilishi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Gruziya qishloq xoʻjaligi vazirligi va Tbilisi shahri hokimiyatida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobil va qishloq xoʻjaligi texnikasi butun liniyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Yirik mahalliy avtodilerlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Saifnazarovning soʻzlariga koʻra, Gruziya Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobil va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi mahsulotlariga qiziqish bildirgan, shahar ehtiyojlari uchun avtobuslar hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun kichik mexanizatsiyalash mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha tenderlarda faol ishtirok etishni taklif qilgan.

Shuningdek, Gruziya qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Vino Milliy agentligida boʻlgan uchrashuv natijasida tajriba almashish, uzumchilik va vinochilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va vino-aroq mahsulotlarini sertifikatsiya qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Uzum va mevali daraxtlarni koʻpaytirish milliy markazi bilan imzolangan oʻzaro hamkorlik memorandumiga koʻra, xomashyo bazasini oʻrganish va ilmiy-moslashtirilgan uzum koʻchatlarini yetishtirish, ekish va import qilishdagi istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash uchun Oʻzbekistonga yetakchi mutaxassislar jalb qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning sentyabrida Nyu-Yorkda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirishga kelishib olishgandi. 

Yangiliklar lentasi
0