TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. "Chimyon" hududida 25 fevral soat 8:00 dan 26 fevral soat 8:00 gacha koʻchki xavfi eʼlon qilindi.
"Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini koʻrishingizni va "Diqqat! Qor koʻchishi xavfi mavjud" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz", — deyiladi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabarida.
Avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "tezkor raqam"iga raqamiga murojaat etish soʻralmoqda.