Hodisalar

Toshkentda alamzada erkak metroni portlatish bilan tahdid qildi

© Sputnik / N. Klyuchnev / Fotobankka oʻtishEmblema metro na prospekte Drujbы narodov v Tashkente
Emblema metro na prospekte Drujbы narodov v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"1009" xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini "Doniyor Xoliqov" deb tanishtirgan shaxs "Agar turmush oʻrtogʻim farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir boʻladi", deb aytgan va goʻshakni qoʻyib qoʻygan

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Toshkentda alamzada erkak metroni portlatish bilan tahdid qildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bomba borligi toʻgʻrisida yolgʻon xabar bergan ayol jarimaga tortiladi

Hodisa 22 fevral kuni kunduzi sodir boʻlgan.

"1009" xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini "Doniyor Xoliqov" deb tanishtirgan shaxs "Agar turmush oʻrtogʻim farzandimni 20 daqiqa ichida olib kelib bermasa, metroda portlash sodir boʻladi", deb aytgan va goʻshakni qoʻyib qoʻygan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu qoʻngʻiroq Shayxontohur tumanida yashovchi, 1980 yilda tugʻilgan Doniyor Xoliqov tomonidan amalga oshirgani aniqlangan.

Telefon-terrorchisi qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0