Sport

Oʻzbekiston shaxmatchilari Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinda bormoqda

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonning eng kuchli shaxmatchilari reytingida 16 yoshli Nodirbek Yakubboyev, 13 yoshli Javohir Sindorov, 15 yoshli Suhrobjon Avalboyevlarni ham uchratish mumkin

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Xalqaro shaxmat federatsiyasi shaxmat boʻyicha mamlakatlar terma jamoalarining yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Reytingga 179 mamlakat kiritildi. Roʻyxat har bir mamlakatning 10 nafardan eng yaxshi erkak va ayol shaxmatchilari reytingi asosida tuzildi.

Nodir Abdusattarov, yunыy grossmeyster - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Nodirbek Abdusattorov: "Besh yildan soʻng dunyoning eng kuchli shaxmatchilari roʻyxatida boʻlaman"

Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi reytingda 2517 ochko bilan 36-oʻrinda qayd etildi.

Reytingning 1-pogʻonasidan 2747 ochko bilan Rossiya oʻrin egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrinda Xitoy (2709 ochko), uchinchi oʻrinda AQSH (2695) joylashgan.

Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ham 36-oʻringa joylashdi (2169 ochko).

Ayol shaxmatchilar borasida Xitoy 1-oʻrinda (2492 ochko), Rossiya 2-oʻrinda (2481 ochko) va Qatar kuchli uchlikni yakunlab beradi (2423 ochko).

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston terma jamoalari joylashgan.

Ayol shaxmatchilar jamoasi esa ikkinchi oʻrinda qayd etildi. Birinchi oʻrinda Qozogʻiston joylashgan. Uchinchi oʻrin Turkmaniston, toʻrtinchi oʻrin Qirgʻiziston va beshinchi oʻrin Tojikiston ayol shaxmatchilariga nasib etdi.

Shaxmatistka Gulruxbegim Toxirjonova - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Gulruhbegim Tohirjonova xalqaro shaxmat musobaqasida 1-oʻrinni oldi

Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi reytingini grossmeyster Rustam Qosimjonov boshqarib bormoqda. Uning hisobida 2683 ochko bor. Ikkinchi oʻrinda Anton Filippov (2592), uchinchi oʻrinda Jahongir Vohidov (2532) joylashgan. Eʼtiborlisi, 14 yoshli Nodirbek Abdusattorov 2516 ochko bilan 4-oʻrindan joy egalladi.

Oʻzbekistonning eng kuchli shaxmatchilari reytingida 16 yoshli Nodirbek Yakubboyev, 13 yoshli Javohir Sindorov, 15 yoshli Suhrobjon Avalboyevlarni ham uchratish mumkin.

Oʻzbekistonning eng kuchli ayol shaxmatchisi sifatida Gulruhbegim Tohirjonova qayd etilgan. Uning hisobida 2329 ochko bor. Keyingi oʻrinlardan Nafisa Moʻminova (2324) va Irina Gevorgyan (2273) joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0