Hodisalar

Hindistonlik super yulduz Shridevi yurak hurujidan vafot etdi

© SputnikTsvetы i pamyatnыe svechi, arxivnoye foto
Tsvetы i pamyatnыe svechi, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Aktrisaning vafoti munosabati bilan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hamda prezidenti Ram Natx Kovindlar chuqur hamdardlik bildirishgan

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Hindistonlik kinoaktrisa Shridevi (haqiqiy ismi Shri Amma Yanger Ayyapan) shanba kuni kechqurun Dubayda yurak hurujidan olamdan oʻtdi. Bu haqda yakshanba kuni NDTV telekanali xabar berdi.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, aktrisa jiyanining toʻyida ishtirok etish uchun Dubayga kelgan boʻlgan.

Shridevi oʻzbekistonlik hind kinolari muxlislari orasida juda mashhur edi. Aktrisa oʻz faoliyati davomida 270ta kinokartinada suratga tushgan.

Aktrisaning bevaqt oʻlimi munosabati bilan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hamda prezidenti Ram Natx Kovindlar chuqur hamdardlik bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0