Eng tajribali harbiy rahbarlardan biri - general-mayor Ismoil Ergashev vafot etdi

© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanUshel iz jizni general-mayor Ismail Ergashev
Ushel iz jizni general-mayor Ismail Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy rahbar Samarqand viloyatida dafn etildi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Toshkent shahrida yakshanba kuni O‘zbekistonning eng tajribali harbiy rahbarlaridan biri — iste’fodagi general-mayor Ismoil Ergashev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

U 24-fevral kuni 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Dafn etish marosimi Samarqand viloyatida, harbiy yetakchi tug‘ilib, voyaga yetgan joyda bo‘lib o‘tdi. 

© Ministerstvo oboroni respubliki UzbekistanGeneral-mayor Ismail Ergashev
General-mayor Ismail Ergashev - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor Ismail Ergashev

Dafn etish marosimida marhumning yaqinlari va qarindoshlari, Qurolli kuchlar veteranlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

© Ministerstvo oboroni respubliki UzbekistanTraurnaya seremoniya proshaniya s general-mayorom Ismailom Ergashevim
Traurnaya seremoniya proshaniya s general-mayorom Ismailom Ergashevim - Sputnik O‘zbekiston
Traurnaya seremoniya proshaniya s general-mayorom Ismailom Ergashevim

Ergashev 1945-yilning 5-avgustida Samarqand viloyatining Chelak tumanida tavallud topgan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston Qurolli kuchlarida turli lavozimlarni egallab kelgan. 1992-1994 yillarda artilleriya boshqarmasida rahbar bo‘lgan, so‘ngra 1997-yilgacha artilleriya qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

© Ministerstvo oboroni Respubliki UzbekistanProshanie s general-mayorom Ismailom Ergashevim sostoyalos na yego rodine v Samarkandskoy oblasti
Proshanie s general-mayorom Ismailom Ergashevim sostoyalos na yego rodine v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Proshanie s general-mayorom Ismailom Ergashevim sostoyalos na yego rodine v Samarkandskoy oblasti

1999-2000 yillarda Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari, 2000-2004 yillarda Markaziy Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2004 yildan 2005-yilga qadar Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Qurolli kuchlari Birlashgan shtabi rahbari lavozimini egallagan.

O‘z xizmat yillarida Ergashev I va II darajadagi "Shon-sharaf", shuningdek, "Jaloliddin Manguberdi" ordenlari bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0