Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus ag‘anadi

© Sputnik / Stas EtveshSkoraya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya ma’luotlariga ko‘ra, YTH bir kun oldin Samara-Shimkent trassasida yuz bergan

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus ag‘anashi oqibatida O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi jarohatlandi, deb xabar qildi dushanba kuni RIA Novosti Qozog‘iston Ichki ishlar departamenti matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Mejdugorodnie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Har oltita avtobusdan biri texnik nosoz - Qozog‘iston IIV

Politsiya ma’luotlariga ko‘ra, YTH bir kun oldin Samara-Shimkent trassasida yuz bergan.

Janubiy-Qozog‘istondan bo‘lgan 35 yashar haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Mercedes avtobusi yo‘ldan chiqib ketgan va so‘ngra ag‘darilgan.

"YTH oqibatida avtobusning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — turli darajadagi jarohatlar bilan Xromtau shahridagi markaziy tuman kasalxonasiga joylashtirilgan. Avtobus salonida 25 nafar yo‘lovchi bo‘lgan", — deyiladi matbuot-xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0