Siyosat

Kamilov: Afgʻoniston muammosini harbiy yoʻl bilan hal etib boʻlmaydi

Oʻzbekiston TIV rahbari Afgʻonistondagi inqirozni bartaraf etish masalalariga bagʻishlangan konferentsiya qay tarzda oʻtishi haqida gapirdi, shu bilan birga u soʻnggi soʻzni aytish huquqi Afgʻonistonda qolishini taʼkidladi

TOSHKENT, 26 fev — Sputnik. Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov "Rossiya segodnya" XAA muxbirining Toshkentda bahorda Afgʻoniston boʻyicha boʻlib oʻtadigan anjumanda nimalar muhokama qilinishi va qaysi davlatlar kelishni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob berdi.

Prezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Erdoʻgʻonni Toshkentga Afgʻoniston boʻyicha anjumanga taklif qildi
"Bu masalani biz Sergey Viktorovich (Lavrov) bilan Nyu-Yorkda, BMT Xavfsizlik Kengashining maxsus majlisi davomida muhokama qilishni boshlaganmiz. BMT Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bu boradagi tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan edi. Biz bugun ham fikr almashishda davom etyapmiz. Muhokamaga qoʻyiladigan asosiy masala — bu afgʻon mojarosini bartaraf etishning siyosiy yechimlarini topishdir", — dedi Abdulaziz Kamilov.

Siyosatchi bu masala shu paytgacha koʻplab turli formatlar, guruhlar, kompozitsiyalar doirasida muhokama qilinganini qayd etib oʻtdi. Ayrim tafovutlarga qaramasdan, umuman olganda, barcha formatlarda gap bir xususda borgan. Chunki hamma bu muammoning harbiy yechimi yoʻqligini tushunishadi.

"Markaziy hukumat bilan muzokaralar stoli atrofiga toʻplanib, oldindan shartlar qoʻymasdan, dialogni boshlash vaqti keldi. Agar ikkala tomonning qandaydir savollari boʻlsa, u holda, bu shunday dialoglar jarayonida muhokama etilishi mumkin. Dialogning boshlanishini xohlaymiz", — deb aniqlik kiritdi Oʻzbekiston TIV rahbari.

Kamilovga koʻra, bu jarayon, muzokaralar formati, muzokaralar oʻtkaziladigan joy va vaqt Afgʻoniston tomon, afgʻon xalqi tomonidan belgilanishi kerak.

US Army soldiers provide security for members of their team near the Afghanistan-Pakistan border - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kulakov: amerikaliklar Afgʻonistonda hech narsaga erisholmaydi
Tadbirga global darajada Rossiya, XXR, AQSH taklif etilgan. Regional darajada esa bu birinchi galda — Pokiston, Eron va Hindistondir. Shuningdek, Saudiya Arabistoni, BAA, va Turkiya ham taklifnomalarni qoʻlga kiritgan.

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlardan — BMT va Yevropa Ittifoqi ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, anjumanda ishtirok etish istagini bildirgan qator yevropa davlatlari ham bor — bular Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va Italiya.

Shubhasiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari ham bunda toʻliq ishtirok etishadi va bu Tashqi ishlar vazirlari darajasidagi uchrashuv boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala