Hodisalar

Toshkent viloyatida 15 million soʻmlik mis kabel oʻgʻirlandi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishProizvodstvo mednoy provolki
Proizvodstvo mednoy provolki - Sputnik Oʻzbekiston
Mis oʻgʻrilarining barchasi qoʻlga olingan

TOSHKENT, 26 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahrida oʻgʻrilar 15 million 508 ming soʻmlik mis kabellarni oʻgʻirlab ketishdi. Sodir etilgan jinoyat haqida Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Urgutlik "ahmadboy" fuqaroni 580 ming dollarga chuv tushirdi

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 15 avgustga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs "Oʻzbek koʻmir" AJ Temir yoʻl transporti filiali hududiga kirib, u yerdan umumiy qiymati 15 million 508 ming soʻmlik 319 metr mis kabellarni oʻgʻirlab ketgan.

Koʻrilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Angren shahar Jigariston mahallasida yashovchi, 1996 yilda tugʻilgan B.Boymuratov, 1996 yilda tugʻilgan A.Karimov, 1992 yilda tugʻilgan D.Nurboyev va "Oʻzbek koʻmir" AJ ishchisi, 1994 yilda tugʻilgan N. Mirzakarimovlar sodir etganliklari aniqlangan.

Kabel oʻgʻrilarining barchasi qoʻlga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala